Shaxta va rudnik lotin p65



Download 42,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/165
Sana31.12.2021
Hajmi42,46 Mb.
#213873
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165
Bog'liq
shaxta va rudniklarni shamollatish

NAZORAT  SAVOLLARI
1.  Shamollatish usullarini bayon  eting.
2.  Qiya  kon  yotqiziqlari  bo‘ylab  ko‘tarmalar  o‘tilganda  ularning 
kavjoylari qanday shamollatiladi?
3.  Lahimlarni o‘tish va mustahkamlash pasportida nimalar aks etadi?
105


9-bob.
  VENTILATSIYA  VA  XAVFSIZLIK  TEXNIKASI 
UCHASTKASI  IS H IN I  TASHKIL  Q IL ISH
H ar  bir  shaxtada  sham ollatish  va  xavfsizlik  texnikasi 
uchastkasi  (XTU)  tashkil  qilinadi.  XTUni uchastka boshlig‘i 
boshqaradi  va  u  bevosita  bosh  m uhandisga  b o ‘ysunadi. 
Uchastka  boshlig‘i  ixtiyorida  quyidagilar  faoliyat  yuritadi: 
uchastka  boshlig‘i  o‘rinbosari,  uchastka  mexanigi,  qazish va 
tayyorlov  lahimlari  holatini  avtomatik tizimda  nazorat  qilish 
bo‘yicha yordamchi,  portlatish va yong‘indan  saqlanish ishlari 
bo ‘yicha  yordamchi,  kon  ustasi,  lampa xizmati  ustasi ishchi- 
lari va kon  ishchilari.  XTU  lavozimlarida ishlaydigan  muhan- 
dis-texnik xodimlarning ma’lumoti va ish  staji XQda reglamen- 
tatsiyalangan bo‘lib,  ularning  huquqi,  majburiyatlari va javob- 
garliklari  shaxtalarning  UTX va xizmatchilari namunaviy  lavo- 
zim yo‘riqnomalarida belgilangan bo‘ladi.
Shamollatish va xavfsizlik texnikasi uchastkasining  kon ustasi 
quyidagilarga javobgar bo‘lib,  ularning  holatini nazorat  qiladi:
—  kon  lahimlari va kavjoylarini  shamollatish,  shamollatish 
qurilmalari va inshootlari,  lahimlar va kavjoylardagi  shaxta at- 
mosferasi;
—  havo  tarkibidagi  gaz,  chang  harorati;
—  kon lahimlari,  ehtiyot  chiqish  yo‘llari va  qazish  hamda 
tayyorlov  lahimlari  kavjoylari  mustahkamlagichlari;
—  chang  bostirish,  chang  va  gazdan  m uhofazalanish 
vositalari;
—  yong‘indan  saqlanish va unga  qarshi  kurash vositalari;
—  portlashdan  muhofazalangan  elektr  uskunalar,  himoya 
yerga ulanishlar va tok  sirqimi relesining  ishlashi.
106


Yuqoridagilar bilan bir qatorda quyidagilarni nazorat  qiladi:
—  ko‘mir, jins va gazning  to‘satdan otilib  chiqishi,  kon zar- 
basi,  eski  lahimlardan  suv,  loyqa va gaz  oqib  chiqishi  (bosimi) 
kabi hodisalarning  oldini olishga  oid tadbirlarning bajarilishi;
—  mahalliy  shamollatish  ventilatorlari  havo  miqdorini 
nazorat  qiladigan  apparatlarni to ‘g‘ri  o‘rnatish;
—  statsionar gaz  analizatorlari ishlashi va ko‘rsatkichlarining 
to ‘g‘riligi;
—  shipni  boshqarish,  kon  lahimlarini  mustahkamlash  va 
burg‘ilab-portlatish  ishlari pasportiga  rioya  qilish.
Shamollatish rejasida barcha shamollatish qurilmalari shartli 
belgilar orqali tushirilgan kon lahimlari sxemasi va havo  struya- 
lari yo‘nalishlari  ko‘rsatiladi.  Shuningdek,  planida  lahimdagi 
havo  struyasi tezligi,  m/s;  havo  sarfi,  m3/   daqiqa va lahimning 
haqiqiy  kesim  yuzasi  maydoni,  m2;  ventilator  tipi  va  uning 
unumdorligi hamda depressiyasi  keltiriladi.  Shamollatish  quril- 
malari joylashishidagi,  shuningdek,  shamollatish  struyasi yo‘na- 
lishlaridagi  har qanday o‘zgarishlar bir sutkadan  kechiktirmay 
shamollatish rejasida belgilanadi.
Shamollatish rejasiga tushuntirish yozuvi,  shaxtani  shamol- 
latishni ta’minlashga tegishli tadbirlar ro‘yxati ham  qo‘shiladi. 
XQga  ko‘ra  shamollatish hisobotiga  quyidagi  asosiy jurnal va 
kitoblar  qo‘shiladi:
—  havo  changlanishi bo‘yicha namunalar tahlili natijalarini 
hisobga  olish jurnali;
—  metanni  o‘lchash  natijalarini  hisobga  olish  kitobi;
—  shamollatish uskunalari  ishini  hisobga  olish  kitobi.

Download 42,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish