7.4-rasm. S h ax tad a havo sirq ish i ta q sim lan ish sxem asi.
79
zich to ‘siqdagi havo sirqishini 10—30 m 3/ daqiqaga teng deb
qabul qilish mumkin.
Shamollatish eshiklaridagi havo sirqishini quyidagi ifoda
orqali aniqlash mumkin:
QSh.e.=9e' Ke'
S'4h;
(7.4)
bu yerda: ф — shluzdagi eshiklar sonini hisobga olish koef
fitsiyenti (bitta, ikkita, uchta, to ‘rtta eshiklarda mos ravishda
ф(, = 1,0; 0,76; 0,66; 0,57); Ke— eshiklarning havo o ‘tka-
zuvchanlik koeffitsiyenti, m2/ (H05 — c),
Ke
= 0,005 : 0,02;
Se — eshik maydoni, m2; h — eshikka ta ’sir etuvchi depres
siya, Pa.
O‘lchashlar ko‘rsatishicha, yaqin zichlangan eshik va to ‘-
siqlarda krossinglardagi havo sirqishi 50—75 m 3/daqiqani
tashkil qiladi.
Qazishdan bo‘shagan makon orqali havo sirqishi qo‘llana-
yotgan qazish tizimi, shamollatish sxemasi va shiftni bosh-
qarish usuliga bog‘liq bo ‘lib, shamollatishning qaytma oqim
sxemasida sidirg‘asiga qazish tizimi uchun Q3 ning 30—70 %
ni, qazish bo‘shlig‘ini qisman to ‘ldirib qazib olish tizimi uchun
Q3 ning 20—30 % ni, o‘ta qiya qatlamlar shiftini sarjinsimon
mustahkamlagich yordamida saqlab turish qazish tizimi uchun
Q3 ning 35 % ni, qatlam shiftini ohista tushirish qazish tizimi
uchun Q3 ning 45 % ni tashkil qiladi.
Shamollatishning qaytma oqimi sxemasida shiftni qulatish
asosida kon bosimi boshqariladigan uzun stolbalar bilan
qazish tizimi uchun havo sirqishi Q3 ning 15—20 % ni, qal-
qonli qazish tizimi uchun esa Q3 ning 30 % ni, qiya stvollar
uchun Q3 ning 25 % ni tashkil qiladi. Ana shu qazish tizim-
larida shamollatish to ‘g‘ri oqim sxemasida amalga oshiriladi-
gan b o ‘lsa, havo sirqishi Q3 ning 25—50 % ni tashkil qilishi
mumkin.
Parallel lahimlardagi havo sirqishi ularni tutashtiruvchi
pech va proseklardagi to ‘siqlarning soni va sifatiga bog‘liq
80
bo‘ladi. Agar ko‘mir seligi darzdor bo‘lmasa, bitta shlakobeton,
shlakoblok yoki tosh to ‘sig‘iga to ‘g‘ri keladigan havo sirqishi
Q3 ning 0,8—1,2 % ga teng bo‘ladi. Agar jinslar darzdor bo‘lsa,
u holda havo sirqishi 1,75 barobar ko‘p b o ‘ladi.
Havo sirqishini kamaytirish tadbirlari quyidagilar:
— havo sirqishiga mutanosib bo‘lgan umumshaxta depres-
siyasini pasaytirish;
— shamollatishning flangli sxemasini qo‘llash, tashish gori-
zontlariga bog‘liq bo‘lmagan shamollatish gorizontlarini barpo
qilish;
— shamollatish inshootlarini nazorat qilish va ta ’mirlash;
— lahim yonlarini germetizatsiyalash polimerlaridan foy-
dalanish.
7.4. Havo sarfini boshqarish
Kon ishlari tarmoqlarining rivojlanishi shaxtaga kiradigan
havoning umumiy miqdorini o‘zgartirish va uni alohida uchast-
kalarga qayta taqsimlash zaruratini tug‘diradi.
Havo sarfini o‘q yo‘nalishli ventilator ishchi g‘ildiragi ay-
lanish chastotasini uning kuraklarini burish orqali o‘zgartirish,
ayrim hollardagina ventilator kanali qarshiligini o‘zgartirish yo‘li
bilan boshqariladi.
Parallel va diagonal bog‘langanlar b o ‘yicha havoning ta
biiy taqsimlanishida hamma vaqt ham lahimlar va kavjoylarni
ishonchli shamollatishga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ha
voni uchastkalar bo‘yicha sun’iy taqsimlashga zarurat tug‘iladi
va u quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
— shamollatish struyasi harakatlanish yo‘liga darchali sha
mollatish eshiklarini o‘rnatish;
— lahimlarga havo yuborishni ko‘paytirib, uning qarshili-
gini kamaytirish;
— shamollatish struyasi kuchaytiriladigan lahimga yor
damchi ventilator o ‘rnatish;
— havo pardasi bilan.
81
Lahimga darchali shamollatish eshiklar o ‘rnatish uning
qarshiligini ko‘paytiradi va undan o‘tadigan havo miqdorini
kamaytiradi.
Misol sifatida parallel ulangan ikkita lahimdagi havo taq-
simlanishini ko‘rib chiqamiz (7.5-rasm). Bunda ABD lahim-
dan o‘tadigan havo miqdorini
Do'stlaringiz bilan baham: |