bo ‘lganda) va «kesimda». Birinchi usulda o ‘lchovchi havo
oqimiga qarshi turib anemometrni lahim kesimi bo ‘yicha ay-
lantiradi.
Bunda u anemometrni oldga uzatilgan qo‘lida ushlab tu-
radi. Bunda havo oqimi o‘lchovchiga urilib, sekinlashadi va
anemometrdan olingan ko‘rsatkich aslidan kamaygan bo‘ladi.
Shu sababli oqimning haqiqiy o‘rtacha tezligini aniqlash uchun
anemometrdan olingan ko‘rsatkichni to ‘g‘rilash koeffitsiyenti
KK ga ko‘paytirish kerak b o ‘ladi (KK=1,14). Havoning haqi
qiy sarfi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Q = vS- KK.
(6.30)
«Kesimda» o‘lchash usulida o‘lchovchi havo oqimiga qarshi
yoni bilan turib, oldga uzatilgan qo‘lida turgan anemometrni
lahim ko ‘ndalang kesimi b o ‘ylab aylantiradi. Bu usulda
o ‘lchovchi tanasi lahim kesim yuzasini biroz qisqartirganligi
tufayli I kesimda havo tezligi ko‘payadi
va anemometrdan olingan
ko‘rsatkich aslidan katta bo ‘ladi. Bu usul qo‘llanilganda ham
haqiqiy tezlikni olish uchun anemometr ko‘rsatkichini KK
koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi:
K
k
=
(6.31)
bu yerda: 0,4 — o ‘lchovchi band qilgan maydon, m2.
Kosachali anemometrlar katta tezlikdagi (1 dan 20 m/s
gacha) havo oqimi tezligini o‘lchashda qo‘llaniladi.
Havo oqimining juda kichik tezligini (0,05 dan 0,3 m/s gacha)
o‘lchash uchun termoanemometrlardan foydalaniladi.
Shaxtaning asosiy kon lahimlariga yer yuzidan kirib keladi-
gan toza havo va chiqib ketadigan ishlatilgan havo oqimlari tez-
ligini aniq o‘lchash uchun lahimlarga o‘lchovchi stansiyalar o‘r-
natiladi. Ular uzunligi 4 m dan kam bo‘lmagan, taxtalar bilan
o‘ralgan lahim uchastkasini tashkil qiladi.
64
O‘lchash stansiyalarini o ‘rnatish uchun uzunligi 15 m dan
kam bo‘lmagan, harakatlanayotgan havoning hammasi o‘lchash
stansiya orqali o‘tadigan to ‘g‘ri chiziqli lahim uchastkasi tanlab
olinadi.
Havo struyasini hisobga olgan holda, havo harakati tezligini
anemometr bilan o ‘lchash stansiya oxiridan 0,5 m nariroqda
amalga oshiriladi. Har bir o‘lchash stansiyasida maxsus yozuv
taxtasi o‘rnatilgan bo ‘lib, unga o ‘lchash sanasi, stansiyaning
kesim yuzasi, havo harakati tezligi, stansiya orqali o ‘tgan
hisobiy va haqiqiy havo sarfi yozib qo‘yiladi va o‘lchovchi o‘z
imzosini qo‘yadi.
6.7. Kon lahimlari tarmoqlarining shamollatish qarshiligi
Shaxtaga kirib keladigan havo o ‘zaro bog‘langan shamol
latish kon lahimlari tarmoqlari bo ‘ylab harakatlanadi. Bu la
himlar o‘zaro ketma-ket, parallel, diagonal va aralash bog‘-
langan bo‘lishi mumkin.
Agar shaxta havosi o‘tadigan kon lahimlari bevosita birin-
ketin bog‘langan b o ‘lib, tarm oqlarga ajratilmagan b o ‘lsa,
bunday bog‘lanish
Do'stlaringiz bilan baham: