6.2. Kon lahimlarida havo harakatlanishining sharoitlari. D. Bernulli tenglamasi K on lahimlaridagi havo harakatlanishi massa va energiya saqlanish qonunlari asosida sodir b o ‘ladi. Massa saqlanish qonuni yon tomonlari havo o ‘tkazmaydigan kon lahimlarida har qanday hajmdagi havo massasi uning harakatlanish jarayonida o ‘zgarmasligini ifodalaydi. 53
Kon lahimlarida qaror topgan havo harakatida adiabatik oqim uchun oqimga tashqi manbalardan kirib keladigan energiya havoning lahim b o ‘ylab harakatlanishida uchraydigan barcha qarshiliklarni yengishga sarflanishi energiya saqlanish qonunini ifodalaydi. Qaror topgan havo oqimi harakatida energiya saqlanish qonuni (6.3-rasm) D. Bernulli tenglamasi bo‘yicha yoziladi (1738-yil).