Shaxta havosi tarkibini, asosan, quyidagi gazlar tashkil qiladi:
5
Kislorod (O2) — rangsiz, hidsiz gaz b o ‘lib, normal zichligi
1,4 kg/m 3ga teng, o ‘zi yonmaydi, biroq yonishga yordam beradi,
kimyoviy jihatdan o ‘ta faol va boshqa oddiy hamda murakkab gaz
lar bilan tezda aralashib ketish xususiyatiga ega. Kislorodning
suvda erish xususiyati juda kichik bo‘lib, harorat 00C b o‘lganida
atigi 5% ga teng. Kislorod odamlarning nafas olishi uchun kerak
b o ‘lgan gaz.
Xavfsizlik qoidalari (XQ) b o ‘yicha odamlar ishlaydigan
lahimlardagi havo tarkibida kislorodning m iqdori 20% dan
kam b o ‘lmasligi kerak. Ushbu miqdor 17% gacha kamayganda
odamlarning nafas olishi qiyinlashadi va yurak urishi tez-
lashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |