Toshkent moliya instituti "soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi mavlonov jahfar niyoz o



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#213422
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
byudjet daromadlarining shakllanishiga soliq imtiyozlarining tasirining tahlili

 


55 

XULOSA 

 

Soliq  imtiyozlarining  iqtisodiy  mohiyati,  ahamiyati,  ularni  qo’llash 

tamoyillari,  soliq  imtiyozlarining  korxonalar  moliyaviy-xo’jalik  faoliyati 

samaradorligini oshirishdagi ahamiyati doirasida olib borilgan tahlillar natijasida 

quyidagi xulosalarga kelindi: 

1. Soliqlarning 

rag’batlantirish  funktsiyasidan  samarali  foydalanish 

mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari 

bo’lib,  soliq  siyosatini  yanada  erkinlashtirishning  asosiy  bo’g’inlaridan  biri 

hisoblanadi; 

2. Tahlillarning  ko’rsatishicha,  soliqlardan  berilgan  imtiyozlar  qiymati 

o’sgani sayin, ulardan foydalanuvchilar soni ham shunga muvofiq tarzda oshib 

bormoqda  yoki  aksincha.  Shuningdek,  imtiyozni  berilishidagi  ayrim 

nomukammalliklar ularning samarali ishlashiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda; 

3. Qilingan  tahlillardan  kelib  chiqadigan  bo’lsak,  ijtimoiy  xarakterdagi 

imtiyozlar  mamlakatimizda  salmoqli  miqdorga  ega.  Shuni  hisobga  oladigan 

bo’lsak,  bu  turdagi  imtiyozlardan  voz  kechish  budjet  daromadlarini  o’sishiga 

olib  kelmaydi.  Iqtisodiyotni  rivojlantirish  xarakteridagi  imtiyozlarni  berish 

natijasida, istiqbolda budjet daromadlarining oshishi mumkinligini hisobga olish 

maqsadga muvofiq; 

4. Mamlakatimizda soliq imtiyozlari sonining ko’pligi iqtisodiyotning o’tish 

davriga  xos  bo’lgan  umumiy  holat  sifatida  qaralishi  bilan  bir  qatorda,  bozor 

munosabatlarini  yanada  erkinlashtirilishi  sharoitida  individual  va  kam 

ahamiyatga ega bo’lgan imtiyozlar sonini tobora kamaytirib borish talab etiladi; 

5. Soliq  imtiyozlarining  berilishi  davlat  budjeti  daromadlarining  ma’lum 

qismidan  voz  kechishi  orqali  amalga  oshmoqda.  Shu  bilan  birga,  bu 

imtiyozlarning  tizimda  samarali  ishlashini  ta’minlash  uchun  parallel  ravishda 

qilinishi  lozim  bo’lgan  chora-tadbirlar  ham  mavjudki,  ular  soliq,  pul-kredit  va 

davlatning iqtisodiy boshqaruv siyosati bilan muvofiqlashtirilishi zarur; 

6. Imtiyozlarning 

rag’batlantiruvchanlik 

ta’siri 


birinchi 

navbatda, 

mamlakatda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirishga va uni ishlab chiqarishga 



56 

joriy etishga, jahon bozorida raqobatbardosh hamda keng xalq iste’moli tovarlari 

ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilishi lozim. 

Soliqlarning  rag’batlantirish  funktsiyasini  kuchaytirishga  qaratilgan 

quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 

1. Soliq  imtiyozlari  va  ularning  bozor  munosabatlarini  erkinlashtirish 

sharoitida to’liq amal qilishi uchun bozor iqtisodiyoti mexanizmi asoslari to’g’ri 

yo’lga  qo’yilgan  bo’lishi  lozim.  Birinchi  navbatda  korxonalarning  iqtisodiy 

samara  olish  imkoniyatlarini  kuchaytirish  lozim.  Aynan  mana  shu  maqsadda 

ularga  imtiyozlar  bilan  ta’sir  ko’rsatibgina  qolmay,  balki  soliq  yukini 

pasaytirish,  soliq  bazasini  tartibga  solish  kabi  tadbirlarni  parallel  yo’nalishda 

olib  borish  lozim.  Soliq  imtiyozlarining  berilishi  tartibi  birinchi  navbatda 

mamlakatdagi mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak. 

Ya’ni, yangi texnologiyani joriy etish, rekonstruktsiyalash, yangi qurilish, ishlab 

chiqarishni  kengaytirish  va  texnik  qayta  qurollanishga  qaratilgan  imtiyozlar 

ustivor ahamiyat kasb etishi darkor.  

2. Amaldagi  soliq  tizimida,  xususan  foyda  va  qo’shilgan  qiymat  soliqlarida 

keng  tartibda  soliq  imtiyozlari  ishlab  chiqilgan.  Lekin,  ana  shu  imtiyozlardan 

foydalanish  darajasining  pastligi  uning  samarasiz  ishlashiga  olib  kelmoqda. 

Bunday  holatning  oldini  olishga  korxonalar  va  ilmiy  markazlar  (shuningdek, 

oliy  o’quv  yurtlari)  o’rtasidagi  ishlab  chiqarishga  yangi  texnologiya  turlarini 

yaratuvchanlik  borasida  ikki  tomonlama  aloqalarning  o’rnatilishi  va  bunday 

aloqalarni  mustahkamlanishini  ta’minlaydigan  soliq  imtiyozlarining  berilishi 

maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaymiz.  Shu  bilan  birga,  imtiyozni  berishda  ilmiy 

ishlanmalarni  ishlab  chiqarishga  tadbiq  etilishi  bosh  mezon  sifatida  qaralishi 

zarur. 


3. Foyda  solig’idan  beriladigan  imtiyozlar  tizimida  budjet  tashkilotlariga 

beriladigan  imtiyozlarning  salmog’i  sezilarli  nisbat  kasb  etadi.  Misol  uchun, 

foyda  solig’i  to’lashdan  budjet  muassasalari  tarkibiga  kiradigan  jazoni  o’tash 

muassasalari  ozod  qilingan.  Bu  tashkilotlarning  xarajatlarini  O’zbekiston 

Respublikasining  budjeti  daromadlar  va  xarajatlar  tasniflanishining  tegishli 



57 

moddalari  asosida  davlat  budjetidan  moliyalashtirilishini  hisobga  oladigan 

bo’lsak,  bu  muassasalarni  foyda  solig’idan  ozod  etilishi  fikrimizcha  o’z 

ma’nosiga ega emas.  

4. Ishimizda  mamlakatimizda  foyda  solig’i  stavkalarining  yildan  yilga 

pasayishi  tendentsiyasini  korxonalarga  berilayotgan  ma’lum  imtiyoz  sifatida 

qaralgan.  Lekin,  bu  imtiyozning  berilishi  barobarida  kutilgan  natijaga 

erishilmayapti.  Xususan  budjetga  tushadigan  soliq  tushumining  kamayib 

borayotganligi kuzatilmoqda. Stavkaning pasayishi natijasida korxona ixtiyorida 

qoladigan  summani  investitsiya  jarayoniga  jalb  etish  holatlari  sust  darajada 

amalga oshmoqda va  kutilgan natijani bermayapti deyish  mumkin.  Buning  eng 

asosiy  sabablaridan  biri  ko’pgina  korxonalarda  foyda  normasining  kamligi  va 

shunga  muvofiq  ravishda  foyda  miqdorining  kamligidir.  Bundan  tashqari, 

hozirgi  davrda budjet  daromadlarini kamaytirish  hisobiga korxonalar ixtiyorida 

qoladigan  daromadlar  to’liq  investitsiyalarga  sarflanadi  deyish  biroz  noto’g’ri 

bo’lar  edi.  Chunki  iqtisodiy  qiyinchiliklar  sharoitida  daromadlarning  bir  qismi 

iste’molni  qondirishga,  xususan  mehnatga  haq  to’lash  xarajatlarini  oshirish, 

korxonaning qarzlarini to’lash va boshqa tadbirlarga sarflanishi ehtimoldan xoli 

emas.  Shuningdek,  soliq  imtiyozlarining  berilishi  budjet  ijrosining  istiqbollari 

bilan belgilanishi lozim.  

5. Soliq imtiyozlarining amalda to’liq ishlashi va korxonalarning moliyaviy-

xo’jalik  faoliyatiga  ta’siri  kuchli  bo’lishi  uchun  ma’lum  maqsadni  ko’zlab 

berilgan  imtiyozning  korxona  to’laydigan  barcha  soliq  to’lovlari  (yoki  asosiy 

soliq to’lovlari)dan berilishiga erishish lozim. Shuningdek, foyda solig’iga qayta 

qo’shiluvchi  xarajatlar  tarkibidagi  o’zgarishlarning  ham  amalga  oshirilishi 

korxonalarning  moliyaviy  imkoniyatlarini  kengaytirishga  xizmat  qiladi. 

Xususan,  foyda  solig’i  bazasiga  amortizatsiya  summasining  tezlashtirilgan 

qismini  qo’shmaslik  va  tezlashtirilgan  amortizatsiyani  qo’llashda  inflyatsiya 

indeksini  hisobga  olish  va  uni  korxonalar  amaliyotiga  joriy  etilishi  lozim  deb 

hisoblaymiz. Bu taklifimizning amaliyotga joriy etilishi: 

  korxonalarning asosiy vositalarini modernizatsiyalashni rag’batlantiradi; 




58 

  ularning moliyaviy barqarorligini kuchaytirib, foyda olish imkoniyatlarini 



kengaytiradi; 

  istiqbolda investitsiyalar uchun mablag’larning yig’ilishini ta’minlaydi.   



6. Korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukini  yanada  kamaytirishda  qo’shilgan 

qiymat  solig’i  bo’yicha  berilgan  imtiyozlarning  ta’siri  katta  deyish  mumkin. 

Shuningdek,  ayrim  soliq  to’lovchi  guruhlarning  bu  soliqdan  ozod  qilinishi 

quyidagi salbiy natijalarga olib kelishi mumkin ekanligini e’tirof etish lozim: 

  soliq  to’lovchi  xom-ashyo,  materiallar  va  yarim  fabrikatlarni  sotib 



olayotganda (20 foizli) QQS bilan birgalikda sotib oladi. To’lovchining bu soliq 

turidan  ozod  etilganligi  natijasida  mahsulot  qiymati  tarkibidagi  qqs  uning 

tannarxiga  olib  boriladi  va  korxonaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari  ko’payadi 

hamda foyda normasi kamayadi; 

  QQSdan  ozod  bo’lgan  soliq  to’lovchi  o’z  mahsulotini  QQS  to’lovchi 



bo’lgan korxonaga  sotadi va natijada korxona  QQSni  hisobga  olish  huquqidan 

mahrum bo’ladi hamda soliqni hisoblash zanjiri uziladi; 

  QQS  bo’yicha  berilgan  imtiyozlardan  budjet  zarar  ko’rmaydi,  lekin 



imtiyoz  qiymati  boshqa  korxonalar  zimmasidagi  soliq  yukini  oshishiga  olib 

keladi. 


Bu  soliq  turi  buyicha  soliqqa  tortishning  takomillashuvi  butun  soliq 

tizimining  samaraliroq  ishlashiga  asos  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin. 

Bizningcha, bu ikki yo’nalishda amalga oshishi lozim: 

1. QQS stavkasini asta-sekinlik bilan pasaytirish orqali; 

2. QQS  bazasi  tarkibini  tartibga  solish  orqali,  ya’ni  uning  bazasidan  aktsiz 

va bojxona bojini chiqarib tashlash bilan. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish