172.
Xitoyda qaysi sulola davrida Tasviriy san’at akademiyasi qayta tiklangan?
Minlar davrida Tasviriy san’at akademiyasi qayta tiklandi.
173.
S. Qosimov qaysi lavozimda ishlagan? Oliy sud raisi.
О‘zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan
bo‘shatilib, qamoqqa olindi. S.Qosimov va uning 6 nafar safdoshi ustidan SSSR Oliy sudi sayyor
sessiyasi 1930-yil Samarqand shahrida sud jarayonini o‘tkazdi. Markazdan kelgan jazo organlari
(sud raisi: Vasilyev Yujin va prokuror R.Katanyan) ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov
va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo‘llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar”
a’zolari bilan aloqa bog‘laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga “qosimovchilik”
yorlig‘i bosildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |