O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/144
Sana31.12.2021
Hajmi6 Mb.
#211804
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144
Bog'liq
pajvandlash zharayonlari

Nazorat sаvоllаri 
 
1. Kontakli payvandlashning mohiyati nimadan iborat? 
2. Kontaktli  payvandlash  jarayonlarini  qaysi  parametrlariga  ko‘ra  tasniflash 
mumkin? 
3. Nuqtali kontaktli payvandlashning mohiyatini aytib bering. 
4. Nuqtali kontaktli payvandlash qaysi sohalarda qo‘llaniladi? 
5. Chokli payvandlash jarayonlarini qaysi parametrlariga ko‘ra tasniflash mumkin? 
 
11-MА’RUZА.  
KONTAKTLI RELYEFLI VA UCHMA-UCH PAYVANDLASH 
 
Reja 
11.1. Relyefli payvandlash  
11.2. Uchma-uch payvandlash 
 
11.1. Relyefli payvandlash 
 
Relyefli payvandlashni kontaktli payvandlashning bir turi sifatida ta’riflash mumkin. 
Bunda bo‘lg‘usi payvand birikma joyidagi tokning zarur zichligi elektrodning ish yuzasi 
bilan  emas,  balki  payvandalanadigan  buyumlarning  tutashadigan  shakli  bilan  hosil 
qilinadi.  Buyumning  bu  shakli  sun'iy  ravishda,  turli  shakldagi  mahalliy  chiqiqlar 
(relyeflar)  olish  yo‘li  bilan  hosil  qillinadi.  Birikmaning  konstruktiv  xususiyatlariga 
muvofiq buyumning shakli tabiiy bo‘lishi ham mumkin.  
Relyefli  payvandlashda      biriktiriladigan  detallar  bir  vaqtning  o‘zida  bitta  yoki  bir 
necha nuqtada yoki butun tegish yuzasi bo‘yicha payvandlanadi, bu detallarning birida 
maxsus  tayyorlangan  chiqiqlar  (relyeflar)ga  yoki  payvandlanadigan  detallarning 
payvandlanadigan joyi shakliga bog‘liq. 
Payvandlash  toki  ulangandan  so‘ng  payvandlash  joyida  tok  miqdori  ko‘payadi  va 
metall tez qiziydi. Bu hol plastik deformatsiyalar jadal kattalashuviga olib keladi. 
Relyefli  payvandlashda  payvand  birikma  quyma  o‘zak  hosil  bo‘lishi  bilan  yoki 
qattiq fazada shakllanadi. 
Payvandlashning mazkur usulida, qoidaga ko‘ra, agar mashinaning bir yurishida bir 
necha  payvand  birikmalar  yoki  katta  yuzali  bitta  birikma  hosil  bo‘lsa,  jarayonning 
unumdorligi ortadi. 


91 
 
Ba’zi hollarda ushbu usuldan foydalanish payvand birikmaning tashqi ko‘rininishini 
yaxshilash, payvandlash qo‘llaniladigan sohalarni kengaytirish, eritib payvandlashning 
kam  tejamli  usullarini  boshqasi  bilan  almashtirish  va  elektrodlarning  chidamliligini 
oshirish imkonini beradi. 
Bir  yo‘la  bir  nechta  (10–15  tagacha)  nuqtalar  tushirib  relyefli  payvandlash  eng 
samaralidir.  Zalvorli  elektrodlar  vositasida  barcha    relyeflar  bo‘yicha  siqilgan  detallar 
qiziydi.  Siqish kuchi ta’sirida chiqiqlar bir vaqtning o‘zida cho‘kadi. Ichki tegish joyida 
(kontaktda) me'yoridagi o‘lchamli quyma o‘zak yuzaga keladi. Shunday qilib, bir sikl 
ichida qo‘shimcha belgilanmagan va nuqtalari berilgan tarzda joylashgan ko‘p nuqtali 
payvand chok hosil bo‘ladi. 
 
11.1-rasm. Relyefli payvandlash sxemasi: 
1  –  payvandlanayotgan  detallar;  2  –  tok  keltiruvchi  elektrodlar;                              3  – 
transformator; 4 – o‘zak; 5 – relyef. 
 
Relyefli payvandlashning afzal jihatlari:  
- mashinaning  bir  yurishida  bir  necha  nuqtalar  bir  yo‘la  payvandlanadi,  bu  esa 
mehnat  unumdorligini  oshiradi.  Bir  vaqtning  o‘zida  payvandalanadigan  nuqtalar  soni 
uskunaning  elektrodlarda    zarur  payvandlash  toki  va  kuchini  hosil  qilish  imkoniyatiga  
bog‘liq (yupqa po‘latlarda bir yo‘la 20 tagacha relyef payvandlanadi); 
- payvand  birikmlar  ko‘p  elektrodli  mashinanalarda  nuqtali  payvandlashga  list 
metallardan  yasalgan  kichikroq  o‘lchamli  detallarni  payvandlashga  qaraganda 
ixchamroq joylashadi; 
- relyeflar  nuqtali  payvandlashga  nisbatan  kichikroq  oraliqda  (kichikroq  qadam 
bilan)  va  payvandlanayotgan  detallarning  chetiga  yaqinroq  joylashadi.  Shu  tufayli 
tayanch yuzasi kichik bo‘lgan,   list po‘latdan tayyorlangan detallarga turli mahkamlash 
detallarini  bir  necha  joyidan  payvandlab  qo‘yish  (privarka)  uchun  relyefli 
payvandlashdan foydalanish imkoni bo‘ladi; 
– nuqtalar  oldindan  relyeflar  bilan  belgilab  qo‘yilgan  joylarda  joylashadi. 
Payvandlash izlarining kamligi (kichikligi) birikmaning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi; 
– 1:6 va  bundan katta  nisbatli list metallarni payvandlash mumkin; 
– yuzasi  oksidlangan  list  po‘latlar  ham  yaxshi  payvandlanadi,  chunki  relyeflarni 
shtamplash  va  katta  bosim  oksid  pardalarini  qisman  yemiradi,  tegish  (kontakt) 
qarshiligini kamaytiradi hamda barqarorlashtiradi; 
– relyefli payvandlash uskunalari ko‘p elektrodli nuqtali payvandlash mashinalariga 
nisbatan soddaroq. 
Relyefi payvandlash har xil mayda mahkamlash detallari,  vtulkalar, skobalar, o‘qlar 
va  shu  kabilarni  list  po‘latdan  yasalgan  yirikroq  buyumlar  bilan  biriktirish  uchun  eng 


92 
 
ko‘p  qo‘llaniladi.  Relyeflar,  odatda,  mayda  detallarda  ularni  tayyorlash  jarayoni  bilan 
bir  vaqtda  sovuqlayin  hosil  qilinadi.  Ularning  umumiy  yuzasi  kattalashishi  bilan 
payvand  birikmaning  mustahkamligi  ham  mos  ravishda  ortadi.  Halqasimon  relyefli 
buyumlarda zich (germetik) birikmalar hosil qilish mumkin. 
 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish