2. Avtomobil sifatini texnologik ta’minlashda konstruktorning roli
Avtomobildek murakkab mashinani tayyorlashning konstruktorlik va
texnologik bosqichlari orasidagi bog’lanishni tahlil qilish bilan quyidagi o’ziga
xoslik aniqlanadi. Konstruktor parametrning maqbul qiymatini (masalan
shesternya tishi o’zagining qattiqligi) aniqlash bilan uning o’zgarish intervalini
qisqartirishga
intiladi,
texnolog
esa,
jihoz
texnologik
imkoniyatlarini,
qo’llanilayotgan material xususiyatlarini hisobga olgan holda, aksincha, ushbu
intervalni kengaytirishga harakat qiladi. Puxtalashdagi parametr qiymatining
o’zgarish intervali (qattiqlik, puxtalangan qatlam qalinligi va b.) qancha katta
bo’lsa, qo’llanilayotgan material xususiyatlari va detallar resurslarining sochilishi
(dispersiyasi) shuncha katta bo’ladi. Avtomobildan foydalanishda bu holat unga
texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash sarflarining ortishiga olib keladi.
Aniqlanishicha avtomobilga texnik xizmat ko’rsatishga, uni tayyorlashdagiga
nisbatan 9 baravar ko’proq mablag’ sarf bo’lar ekan. Avtomobildan
foydalanishning mehnat sarfi esa uni tayyorlashdagiga nisbatan 30 baravar
ko’proqdir. Bundan tashqari avtomobil egalari texnikalarining to’xtab qolganidan
zarar ko’radilar. Konstruktor va texnologning hamkorlikdagi ishida termik
puxtalashdan
keyin
detalning
mustahkamligi
va
umrboqiyligi
texnik
hujjatlashtirishda keltirilgan darajagacha borib yetmasligi bilan bog’liq vaziyat
yuzaga kelishi mumkin. Sabablar turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, detal
loyihalash bosqichida detalni puxtalash parametrlari (masalan, sementatsiya va
nitrosementatsiya qilingan tishli g’ildiraklar uchun o’zak qattiqligi, samarali
qatlam qalinligi, sirt qattiqligi) noto’g’ri tanlashi mumkin. Amaliyotda shunday
holatlar ham uchraydiki, bunda hujjatlashtirishga mos keluvchi turlicha
ko’rsatkichlarga umumlashtirishda ulardan har-birining muhimligi hech qanday
shubha uyg’otmaydi, ammo negadir detallar umrboqiy bo’lmaydi. Bunday holda
muammoning yechimini konstruktor va texnolog birgalikda qidirishi lozim.
Konstruktor, mustahkamlik va umrboqiylik bo’yicha talablarni pasaytirmagan
holda, mustahkamlash ko’rsatkichlari qiymatini o’zgartirishi lozim: qattiqlikni,
puxtalangan qatlam qalinligini, mikrostrukturada tashkil qiluvchilarning nisbatini
va h.k. Texnolog esa texnologik parametrlardagi mumkin bo’lgan noaniqliklarni
bartaraf qilishi kerak: haroratni, isish va sovitish tezligini, jarayonning alohida
bosqichlari davomiyligini va h.k.
Konstruktorlar va texnologlarning vazifasi birikuvchi detallar hisoblarga
mos keluvchi sharoitlarda ishlashi, birikmadagi haqiqiy yuklanish ushbu detallar
sirt qatlamlari mustahkamligini xarakterlovchi parametrlar qiymatlaridan doimo
kichik bo’lishi uchun zarur bo’ladigan barcha ishlarni qilishdan iborat.
Shunday qilib yuqori ishonchlilik, umrboqiylik, tejamkorlik, xavfsizlik,
ko’rsatkichlariga ega zamonaviy avtomobilni muvaffaqiyat bilan tayyorlash
omillariga va turli mutaxassislarning hamkorlikdagi ishiga bog’liq bo’ladi.
Ammo texnologlar, ishlab chiqarish tashkilotchilari va boshqa mutaxassislar
hissasi ahamiyatini kamaytirmagan holda shuni qayd qilish lozimki, asosiy rol
konstruktorlarga tegishli bo’ladi.
Konstruksiyaning zamonaviyligi va texnologikligi avtomobilni ishlab
chiqishning majburiy shartlaridan biridir. Yana bir majburiy shart bu ishlab
chiqariladigan mahsulot sifatini ta’minlashdir. Buni alohida detallari va
agregatlarining sifati yetarlicha yaxshi bo’lmaganligi sababli 60-70 % to’xtashlar
(zamonaviy avtomobillarning) bilan bog’liq fakt tasdiqlaydi. Shu sababli
avtomobillarni
ishlab chiqarish texnologiyasini doimiy takomillashtirish
avtomobilsozlikning eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Konstruktorlar va texnologlarning hamkorlikdagi muvaffaqiyatli faoliyati
uchun yondosh mutaxassisliklar bo’yicha ham bilim va ko’nikmalar zarur bo’ladi,
chunki ular avtomobilni tayyorlashning to’liq ishlab chiqarish jarayonini hali
loyihalash bosqichida turib belgilab berishlari lozim bo’ladi.