BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq.
Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro
qilish va yakuniga
yetkazish» ma’nosida qo‘llanaveradi. Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga
xos. Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani
yakuniga yetkazish» ma’nosida ishlatiladi. O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi.
Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.
Bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi. O‘tamoq «burch-vazifani
ado etish» ma’nosida qo‘llanadi.
1. O‘zgargan tartib (inversiya) deb nimaga aytiladi?
2. Oddiy so‘zlashuv uslubida so‘z tartibi qanday bo‘ladi?
68 3. She’riy asarlarda gap bo‘laklari, asosan, qay tartibda joylashadi?
4. O‘rningdan tur – Tur o‘rningdan. So‘z tartibining o‘zgarishi
qanday uslubiy vazifa bajargan?