Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar
iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan
aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini
tushunamiz.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu
operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar
va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish
jarayonlari aks ettiriladi.
Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin. Pul holatidagi
transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka naqd pul yoki hisob raqamiga pul
o’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat. Natura holatidagi transfertlar
deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va
aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |