9-modda. Davlat veterinariya xizmatini moddiy va moliyaviy ta’minlash.
Davlat veterinariya xizmati:
Respublika va mahalliy byudjet mablag’lari, davlatning mollarini sug’urta
qilish mablag’laridan ajratmalar, pullik xizmatlar ko’rsatganligi uchun veterinariya
korxonalari, muassasalari va tashilotlari oladigan mablag’lar hisobiga ta’minlanadi.
Ushbu Qonun talablarini buzganlik uchun undiriladigan ma’muriy jarima
pullari viloyat va Toshkent shahrining epizootik fondlariga tushadi.
Ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab
qo’yiladigan hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish
tadbirlari hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |