6.2. Iqtisodiy tahlil asosiy turlarining mazmun-mohiyati va tavsifi.
Iqtisodiy tahlil makon nuqtai nazaridan iqtisodiy tahlil ichki va tashqi tahlil
turlariga bo’linadi.
Ichki iqtisodiy tahlil deganda nima tushuniladi? Ichki iqtisodiy tahlil deganda
shu xo’jalikning mutaxassis xodimlari iqtisodchi va buxgalterlar tomonidan uning
faoliyati bo’yicha o’tkaziladigan tahlil tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy tahlil deganda nima tushuniladi? Tashqi iqtisodiy tahlil
deganda shu xo’jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini tashqi subyektlarning
mutaxassislari tomonidan tahlil qilish tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil zamon nuqtai nazaridan tezkor, joriy va istiqbol tahlil turlariga
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |