24-rasm. Yorug‘likni sochib tarqatuvchi obyektlarning yutish
ko‘rsatkichlarini o‘lchash qurilmasini tuzish sxemasi.
A-yorug‗likni sochib tarqata olmaydigan namuna (yuqorisi) va
yorug‗likni sochib tarqatadigan namuna (pastdagisi).
1. Namuna solib qo‗yilgan kyuveta.
2. Fotoelement.
22-rasmdan ko‗rinib turibdiki, obyekt yorug‗likni sochib
tarqatuvchi bo‗lsa, obyektga qaratib yo‗naltirilgan yorug‗likning bir qismi
93
fotoelementga yetib bormaydi.
B-yorug‗likni
sochib
tarqatuvchi
(fluoretsensiyalovchi)
plastinkadan foydalanish:
1. Obyekt solib qo‗yilgan kyuveta.
2. Nurni sochib tarqatuvchi (fluoretsensiyalovchi) plastinka.
3. Fotokuchaytirgich;
Nurni sochib tarqatuvchi plastinkadan foydalanish nurni sochib
tarqatmaydigan va sochib tarqatuvchi namunalar uchun bir xil sharoitni
yuzaga keltiradi.
C-nurni sochib tarqatuvchi obyektlarni spektrning ultrabinafsha
chegarasida o‗lchash uchun ishlatiladigan qurilma.
1. Yorug‗lik manbayi (vodorodli lampa).
2. Spektrofotometr SF-4.
3. Spektrofotometrni kyuveta soladigan bo‗limi.
4. Kyuveta.
5. Fluoretsensiyalovchi shisha JS-9.
6. Fotokuchaytiruvchi darcha oldidagi to‗siq.
7. Fotokuchaytiruvchi FEU-29 yoki FEU-19.
8. Fotokuchaytiruvchi qoplagichi.
9. Galvonometr M-91A.
10. Yuqori kuchlanishli stabilizator.
SF-4 spektrofotoometriyada nurni sochib tarqatuvchi spektrorini
o‗lchash uchun ishlatiladigan qurilma 22-rasmda ko‗rsatilgan.
Shu yo‗sinda qurilma yig‗ilgandan so‗ng fotokuchaytiruvchi
galvonametr
M-91-A
ga
va
tok
manbayiga
ulanadi.
Fotokuchaytirgichga tok ulanadi (1000v atrofida). Vodorodli lampa
ulanib, baraban 320 mkm chegarasiga keltiriladi va spektrofotometr
tuynigini
o‗zgartirib fotokuchaytirgichning yorug‗likka nisbatan
sezgirligi aniqlanadi. So‗ng fotokuchaytirgichning to‗sig‗i yopib
qo‗yiladi va FEU yordamida galvanometr strelkasi 2-5 bo‗lagini
uzatadigan kuchlanish tanlab olinadi.
Xamirturish zamburug‗ining 5% li suspenziyasi tayyorlanadi.
Spektrofotometrning qalinligi 0,5 sm li kvars qopqoqli kyuvetasi
suspenziya bilan to‗ldiriladi va kyuvetani tutib turuvchi harakatchan
moslamaga FEU darchasiga to‗g‗rilab joylashtiriladi. To‗lqin uzunligi
500 mmk ga quyib, darchani to‗liq ochib, shu narsaga erishiladiki,
unda kyuvetadan o‗tadigan yorug‗lik shu`lasi uning yon tomonlariga
tushmasin.
Suspenziyali
kyuvetani shunday
o‗rnatish lozimki,
94
kyuvetaning birinchi joylashuv holatida yorug‗lik tajriba kyuvetasidan
o‗tsin, ikkinchi kyuvetaning joylashuv holatida esa nazorat joylashuv
holati vazifasini bajaruvchi erituvchi namunasidan o‗tsin.
So‗ng kyuveta bo‗limining qopqog‗i yopiladi va asbob to‗lqin
uzunligi 260mmk holatga qo‗yilib, darcha kengligi 0,01-0,03 mkgacha
pasaytirilib, FEU tuynugi to‗sig‗i ochiladi. Tuynuk darchasi kengligi
shu xilda o‗zgartiriladiki, nazorat o‗lchovi (I
0
) da galvanometr
strelkasining ko‗rsatkichi 50 bo‗limga teng bo‗lsin. So‗ng kyuvetalar
joylashgan kareta surilib, tajriba namunasi (I) bo‗yicha o‗lchov
o‗tkaziladi. Tajriba namunasining optik zichligini:
D = lg
I
o
-I
r
I
-I
r
(1)
formula yordamida hisoblab topiladi.
Bu yerda: I
t
–golvanometr strelkasining surilish ko‗rsatkichi. Agar
suspeziyaning optik zichligi 0,8-1,0 dan ziyod bo‗lsa, uni ikki marta
suyultirish va o‗lchashni takrorlash kerak. Suspenziyani suyultirishni
namuna 260 mmk da 0,6-1,1 teng ko‗rsatkichga ega bo‗lgunga qadar
davom ettirish lozim.
Bundan keyin to‗lqin uzunligini 320 mmk ga qo‗yish va tuynuk
kengligini shunday o‗zgartirish kerakki, I
o
45-50 ga teng bo‗lib qolsin.
To‗lqin
uzunligi
barabanini
aylantirib,
240-320
mmk
(I
o
)
chegarasining har 5 mmk oralig‗ida fotooqim o‗lchanadi. Karetani
surib tajriba namunasidagi (I) fotooqim ham o‗lchanadi.
Formula (1) dan foydalanib har bir to‗lqin uzunligida namunaning
optik zichligi aniqlanadi. Yutish spektrining egri chizig‗i chiziladi.
Bunda abssissaga to‗lqin uzunligi, ordinataga eritmaning optik zichligi
joylashtiriladi. Egri chiziq yordamida hujayradagi oqsillar va nuklien
kislotalarning maksimal yutish holatlari aniqlanadi.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |