Birinchi mashq. Oqsilning yutish spektorini aniqlash.
Qon zardobi albumin (yoki tuxum albumini, pepsin va x.k.)ning
suvdagi 5mg/ml li konsentratsiyali eritmasi tayyorlanadi. Optik
zichligi 280 mmk to‗lqin uzunligida kvars to‗rtburchakli kyuvetalar
yordamida o‗lchanadi. So‗ng eritma optik zichligi 0,5 atrofida
bo‗lgunga qadar suyultiriladi. Eritma yutish spektri 230-320 mmk
chegarada har 5mm oralig‗ida o‗lchanadi. Yutish egri chizig‗i tasviri
chiziladi, bunda abssissaga to‗lqin uzunligini, ordinataga eritmaning
optik zichligi qiymatlari qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |