Pensiya ishi


  Xorijiy  mamlakatlarda davlat maqsadli va budjetdan tashqari  jamg’armalarining



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

2.  Xorijiy  mamlakatlarda davlat maqsadli va budjetdan tashqari  jamg’armalarining 
tarkibi va turlari 
 
Xorijiy mamlakatlarda amaldagi maqsadli fondlarning tasniflanishini ko’rib chiqamiz.  
Maqsadli  jamg’armalar  huquqiy  maqomi  va  ishlatilish  maqsadlariga  ko’ra  farqlanadi. 
Huquqiy  maqomiga  ko’ra  maxsus  fondlar  davlat  va  mahalliy  fondlarga  ajratiladi.  Federativ 
davlatlar  (AQSh,  Kanada)da  federatsiya  a’zolari  ham  maxsus  fond  tashkil  qilish  huquqiga  ega. 


Davlat  maxsus  fondlari  markaziy  hokimiyat  ixtiyorida  bo’ladi.  Bularga  eng  muhim  fondlar: 
investitsiya,  valyuta,  ijtimoiy  sug’urta  va  boshqa  jamg’armalarni  kiritishimiz  mumkin.  Mahalliy 
hokimiyat  organlari  ixtiyorida  esa  ko’p  miqdorda  mahalliy  jamg’armalar  mavjud  bo’lib,  ulardan 
eng kattasi zayom jamg’armasi hisoblanadi. Buyuk Britaniyada bunday jamg’armalar XIX asrdan 
buyon mavjud, bulardan, asosan, kapital jamg’armalarni moliyalashtirishda foydalaniladi.  
Maqsadli  fondlar  ishlatilish  maqsadlariga  kura,  iqtisodiy,  ilmiy-tadqiqiy,  kredit,  ijtimoiy, 
shaxsiy  va  mulk  sug’urtasiga  oid,  harbiy-siyosiy  yoki  davlatlararo  rivojlantirish  bo’yicha  davlat 
dasturlari  asosida  faoliyat  yurituvchi  fondlarga  bo’linishi  mumkin.  Kredit  jamg’armalari 
Frantsiyada katta ahamiyatga ega bo’lib, ular jumlasiga «Frantsiya banki», «Tashqi savdo banki», 
“Depozit-omonat kassa fondlari”ni kiritishimiz mumkin.  
AQSh da 2 ta yirik fond mavjud. Ular «Milliy ilmiy fond» va «Byuro standartlarining ilmiy 
fondi»  deyiladi.  Birinchi  fondning  mablag’lari  Federal  byudjetdan  ajratilagan  mablag’lar,  sanoat 
korxonalarining foydasidan ajratmalar hisobiga va universitet va kollejlarning ajratmalari hisobga 
shakllanadi.  Fonddan  fundamenal  tadqiqot  dasturlarini  amalga  oshirish,  ilmiy  izlanishlar  uchun 
mukofotlar, ilmiy markazlar qurilishi uchun, kadrlar tayyorlash kabi xarajatlar moliyalashtiriladi.  
Ikkinchi  fonddan  kompaniyalarning  tadqiqotlar  o’tkazishiiga  sharoit  yaratish,  ilmiy 
izlanishlarni sanoat va qishloq xo’jaligiga etkazish uchun moliyalashtiriladi.  
Buyuk  Britaniyada  davlat  byudjetiga  bog’liq  bo’lmagan  va  alohida  mustaqil  balansga  ega 
bo’lgan  ilmiy  tadqiqotlarni  rivojlantirish  «Milliy  korporatsiya  fondi»  mavjud.  Uning  mablag’lari 
yangi  ixtirolarni  ishlatish  huquqi  beradigan  litsenziyani  sotishdan  tushgan  mablag’lar  hisobiga 
shakllanadi.  Davlat  fondga  muddatsiz  avanslar  va  har  yili  subsidiyalar  beradi.  U  ilmiy  tekshirish 
natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etayotgan xususiy korxonalarni kapital qo’yilmalarini va unga 
bog’liq muammolarni hal qilish xarajatlarini moliyalashtiradi.  
Buyuk  Britaniyada  Milliy  korporatsiya  fondi  davlat  byudjetidan  holi  ravishda  tadqiqotlarni 
rivojlantirish  bo’yicha  mustaqil  balansga  ega.  Davlat  bu  jamg’armaga  muddatsiz  avans  va  yillik 
subsidiyalar beradi. Bu mablag’lar hisobidan esa turli muammolarning ilmiy echimlari va olingan 
natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq etuvchi xususiy muassasalar faoliyati moliyalashtirib boriladi. 
Shuningdek,  davlat  universitetlari,  milliy  va  xususiy  kompaniyalar  laboratoriyalarida  olib 
boriladigan tajriba ishlarini qo’llab-quvvatlab, ularni sanoatda o’zlashtirilishiga keng imkoniyatlar 
yaratib beradi.  
Ijtimoiy  fondlar  aholiga  ijtimoiy  xizmat  ko’rsatishga  yo’naltirilgan  resurslardir.  Keyingi 
yillarda  ijtimoiy  fondlarning  hajmi  AQSh  da  ijtimoiy  dasturlarning  amalga  oshirish  uchun  turli 
darajada boshqariladigan ko’p sonli ijtimoiy fondlar faoliyat ko’rsatadi. Bulardan uchta eng  yirik 
fondlarni  ko’rsatish  mumkin.  «Keksayganda,  nogironliknida  va  boquvchisini  yo’qotganda 
sug’urtalash  fondi»,  «Davlat  xizmatchilarini  sug’urtalash  fondi»,  «Muhtojlarga  yordam  fondi» 
mavjud.  
«Yaponiyada davlatning maxsus fondlari moliya resurslarini tashkil etishning shakli bo’lib, 
ular  markaziy  yoki  mahalliy  hukumat  tasarrufida  va  maqsadga  qaratilgan  holda  mavjud  bo’ladi. 
Ular  moliya  tizimining  muhim  bo’lagi  hisoblanadi.  Bu  fondlarni  tashkil  etish  va  sarflash  tartibi 
moliya  huquqi  orqali  aniq  va  qatiy  belgilanadi.  Byudjetdan  tashqari  fondlar  davlat  mulki 
hisoblanadi  va  ko’rsatilganlaridan  boshqa  maqsadlarga  sarf  qilinishi  mumkin  emas.  Byudjetdan 
tashqari  fondlar  markazlashgan  yagona  pul  fondi  -  byudjetdan  ancha  avval  maxsus  fondlar  va 
o’ziga  xos  hisobraqamlar  ko’rinishida  mavjud  bo’lgan.  Davlat  o’zining  faoliyat  doirasini 
kengaytirilishi  bilan  tobora  yangi  xarajatlarga  ehtiyoj  seza  boshladi.  Ularni  qoplash  uchun 
mablag’lar maxsus fondlarda to’plandi va maxsus maqsadlarga qaratildi»3. Bu fondlar hajmining 
kengayishiga  bir  qator  sabablar  mavjud:  birinchidan,  davlat  organlarida  tadbirkorlikning  ho’jalik 
hayotiga  aralashishi  va  ularni  moliyaviy  qo’llab-quvvatlash  uchun  qo’shimcha  mablag’lar  paydo 
bo’lmoqda,  ikkinchidan,  bu  fondlar  byudjetdan  mustaqil  holda  davlat  tomonidan  alohida  e’tibor 
qaratishi  lozim  bo’lgan  muhim  muammolarni  hal  qilish  uchun  mo’ljallangan,  uchinchidan, 
byudjetdan  tashqari  fondlar  ma’lum  sharoitlarda,  ya’ni  aktiv  qoldiqqa  ega  bo’lganda  byudjet 
taqchilligini qoplash uchun ishlatilishi mumkin.  


Germaniyadagi ijtimoiy sug’urta fondi tarkibida juda ko’p avtonom fondlar bor, ular ijtimoiy 
sug’urtaning  alohida  turlarini  qamrab  oladi.  «Ishchi  va  xizmatchilarning  pensiya  fondi», 
«Bemorligi uchun sug’urta fondi», «Ishsizlikdan sug’urtalash fondi» va boshqalar.  
Buyuk  Britaniyada  ikkita  asosiy  ijtimoiy  fond  mavjud:  «Milliy  sug’urtalash  fondi»  va 
«Davlat tashkilotlarining pensiya fondi».  
Yaponiyada byudjetdan tashqari fondlarning faoliyati — milliy daromadni davlat tomonidan 
aholikikg  ma’lum  ijtimoiy  guruhlar  foydasiga  qayta  taqsimlash  usulidir.  Yaponiyada  quyidagi 
byudjetdan tashqari fondlar faoliyat  ko’rsatadi:  «Sog’liqni saqlashni sug’urtalash fondi»,  «Milliy 
pensiya fondi», «Ishlab chiqarishda ko’rilgan zararni sug’urtalash fondi», «Ishsizlikni sug’urtalash 
fondi».  
Yaponiyada ham turli xildagi iqtisodiy jamg’armalar mavjud:  
� investitsiyaviy byudjet yoki davlat investitsiyalari va karzlari dasturi;  
� markaziy va mahalliy hukumatning avtonom byudjetlari;  
� maxsus hisobraqamlar.  
Eng  yirik  fondlardan  biri-  «Investitsion  byudjet»  bo’lib,  uning  maqsadi  -  davlat  tomonidan 
investitsiyalar  yo’naltirish  va  qarzlar  berish  dasturini  bajarishdir.  Bu  fond  sug’urta  qilingan, 
jamg’arilgan  pensiya  va  boshqa  mablag’lardan  shakllanadi  va  subsidiyalar  va  imtiyozli  kreditlar 
ko’rinishida  davlat  sektorini  moliyalashtirishga  ishlatiladi.  Pasaytirlgan  narx  va  ta’riflar 
siyosatidan davlat korporatsiyalar faol faoliyat ko’rsatishishi uchun sharoit yaratadi. «Investitsion 
byudjet» fondi korporatsiyalarga shunday xizmat ko’rsatib, mazkur fond yordamida keng tarmoqli 
xususiy sektorni qo’llab-quvvatlaydi.  
Jahon tajribasida byudjetdan tashqari fondlarning juda ko’p turlari mavjud, lekin bu fondlarni 
ikki  katta  guruhga  ajratish  mumkin.  Ijtimoiy  yo’naltirilgan  fondlar  (pensiya  fondlari,  majburiy 
tibbiy sug’urta fondlari, davlat bandlik fondlari, ijtimoiy sug’urta fondlari, aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash umummilliy fondlari) va o’z yo’nalishi va manbalariga ega iqtisodiy fondlar.  
Xorijiy  mamlakatlar  maxsus  fondlariga  turli  xil  avtonom  va  birlashtirilgan  byudjetlar, 
byudjetdan  tashqari  fondlar,  maxsus  smeta  va  hisobraqamlarni  kiritishimiz  mumkin.  Ularga  eng 
avvalo,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalar  yuklatiladi.  Davlat  bunday  jamg’armalar  mablag’lari 
hisobidan  ishlab  chiqarish  jarayoniga  aralashishi,  korxonalarga  turli  xil  subsidiyalar  va  kreditlar 
taklif qilishi, shu bilan birga, tashqi qarzlarni to’lashi va aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish chora-
tadbirlarini ko’rishi mumkin. Maxsus fondlardagi mablag’larning ishlatilishi maqsadli xarakterga 
ega.  Masalan,  ijtimoiy  sug’urta  fondidan  pensiya  va  nafaqalar  to’lanadi,  kredit  fondlaridan 
muassasa va tashkilotlarga, kompaniyalarga va boshqa mamlakatlarga ssudalar beriladi.  
Masalan, 
aksariyat 
rivojlangan 
davlatlardagi 
ijtimoiy 
sug’urta 
jamg’armalari 
sug’urtalanuvchilarga  pensiya  va  to’lovlarni  to’lashi,  shu  bilan  birga  nafaqat  mamlakat 
miqyosidagi  tadbirkorlarga,  balki  chet  mamlakatlarga  ham  ssuda  mablag’lari  berish  maqsadida 
tashkil  qilingan.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki,  hamma  maqsadli  fondlarda  ham  xarajat  turlari 
aniq  ko’rsatilavermaydi,  Bunga  misol  qilib,  Buyuk  Britaniya  bosh  g’aznachisi  fondini  olishimiz 
mumkin. Bu jamg’arma vazirlik va idoralar hisobidagi qoldiq mablag’lardan tashkil topgan bo’lib, 
boshqa fondlardagi muvozanatni saqlab turishga yo’naltiriladi.  
Frantsiyada, ikkinchi jahon urushi tugatilgandan so’ng, modernizatsiya fondi tashkil etilgan 
bo’lib,  1955  yilda  boshqa  fondlarga  qo’shib  yuborilishi  natijasida  «Iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlantirish  jamg’armasi»ga  aylantirildi.  Unga  byudjet  ajratmalari  bilan  bir  qatorda,  ssuda 
kapitali bozoridagi qarz mablag’lari ham kelib tushadi. Jamg’arma asosan, investitsion dasturlarni 
moliyalashtirish bilan birga, hududiy rivojlantirish rejalari, mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish, ish kuchini qayta tayyorlash va sanoat markazlaridagi korxonalarni qoloq hududlarga 
o’tkazish  ishlarini  amalga  oshiradi.  Mablag’lar  umumdavlat  rivojlantirish  dasturiga  ko’ra 
investitsiya  qilgan  milliy  va  xususiy  korxonalarga  qaytarilmas  moliyaviy  yordam  yoki  uzoq 
muddatli kreditlar shaklida beriladi.  


Frantsiyada  alohida  ahamiyatli  fondlarga  quyidagilar  kiradi:  «Bemorligi,  nogironligi, 
bolaliligi uchun sug’urta fondi», «Pensiya fondi», «Oilalarga yordam fondi», «Ishsizlarga yordam 
milliy fondi».  
Rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  aksariyat  davlatlardagi  amaldagi 
byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar faoliyati mamlakat ijtimoiy holatini yanada yaxshilash, 
kichik  tadbirkorlik  taraqqiyotiga  keng  yo’l  ochib  berish  bilan  birga,  ilm-fan  sohasini  yanada 
takomillashtirish va shu orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.  
3.  O’zbekistonda  xorijiy  mamlakatlar  ilg’or  tajribalari  asosida  davlat  maqsadli  va  budjetdan 
tashqari jamg’armalari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish.  
 
Byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarning  izchil  faoliyati  natijasida  aholi  kuchli 
ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlanishi mumkin.  
Hozirgi  kunda  respublika  oliy  o’quv  yurtlarida  ilmiy  xodimlar  olib  borayotgan  ishlari, 
kelgusida  nafaqat  mamlakatning  har  qanday  sohasini  rivojlantirishga  asos  bo’lishi,  balki, 
mamlakat  ilmiy  salohiyat  darajasining  yuqori  bo’lishi  va  fan-texnika  taraqqiyoti  jarayonida 
mamlakatimizning rivojlangan mamlakatlar darajasiga yaqinlashishiga muhim omil bo’lib xizmat 
qiladi.  
Vengriyada  byudjet  islohotlarining  muvaffaqiyatli  borishi  bilan  ijtimoiy  yordamlar 
ko’rsatilishiga muhtojlik mezoni o’rniga aholining o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyilini ustunligi 
egallaydi.  Davlat  bunga  birinchidan,  aholining  mablag’  jamg’arishini  rag’batlantiradi,  ijtimoiy 
maqsadlar  hamda  davlat  ijtimoiy  xizmatlariga  muqobil  tadbirkorlik,  homiylik  shakllarini  tanlash 
imkoniyatini  yuzaga  keltiradi,  natijada  davlat  nobyudjet  va  xususiy  moliyalashtirish  nisbatlari 
tizimida o’zgarishlar yuz beradi.  
Polshada  1996  yidda  SEYM-Polsha  parlamenti  10  ta  qonun  loyihasidan  iborat  bo’lgan 
pensiya  tizimini  isloh  qilish  chora-tadbirlari  paketini  muhokama  qilishga  kirishdi.  Ushbu  qonun 
loyihalarida  bosqichma-bosqich  pensiya  yoshini  oshirish,  pensiya  ta’minoti  bo’yicha  davlat 
majburiyatlarini  sezilarli  darajada  qisqartirish  ko’zda  tutildi.  Uzoq  kelajakda  davlat  pensiyalari 
o’rtacha  ish  haqining  20  foizigacha  qisqardi,  qolgan  qismini  esa  Xususiy  Pensiya  Fondlari  o’z 
zimmalariga  oldi.  Shu  tarzda  Polshada  bir  necha  o’n  yil  davomida  davlat  pensiyasining  ustunlik 
ahamiyatini bosqichma-bosqich kapitallashgan pensiya tizimi egallab oldi.  
Chexiyada  pensiya  tizimini  isloh  qilishning  boshqacha,  yanada  ehtiyotkorona  yo’li  tanlab 
olindi. Mazkur yo’l uzoq kelajakda ham davlat pensiyasining ustuvor ahamiyatini saqlab qolishni 
nazarda  tutadi.  Markaziy  va  Sharqiy  Evropaning  boshqa  mamlakatlari  singari  Chexiyada  ham 
pensiyaga  doir  yoshni  oshirish  ko’zda  tutilmoqda.  Davlat  pensiyasini  tartibga  solish  tadbirlari 
davom  etmoqda,  uni  indeksatsiya  qilish  xukumat  vakolatiga  berilgan.  Davlat  pensiyasi 
barqarorligini  mustahkamlash  chora-tadbirlari  bilan  parallel  ravishda  davlat  byudjeti  badallari 
orqali  ixtiyoriy  sug’urta  badallarini  to’plovchi  va  asosiy  davlat  pensiyasiga  qo’shimcha  pensiya 
bilan  ta’minlovchi  pensiya  kassalari  qo’llab-quvvatlanmoqda.  Chexiyada  45  ta  shunday  kassalar 
amal  qiladi,  ixtiyoriy  pensiya  kassalari  a’zolari  taxminan  ish  haqining  3  foizi  miqdorida  a’zolik 
badali to’laydi.  
Qozog’iston  hukumati  pensiya  tizimidagi  inqiroz  va  islohotlar  o’tqazishga  ehtiyojlarni  tan 
oldi va 1995 yil dekabrda «1996-1998 yillarda islohotlarni chuqurlashtirish» deb nomlangan reja 
qabul  qilindi.  U  iqtisodiy  islohotlarni  qisqa  va  uzoq  muddatli  strategiyalarini  qamrab  oldi.  Bu 
strategiya quyidagi elementlardan iborat:  
� tabiiy monopoliya va maishiy xizmat sohalarini tezkor xususiylashtirish;  
� xorijiy investitsiya va xususiy sektorni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash;  
� kapital bozorlarini shakllantirish;  
� markaziy bank va tijorat banklarni isloh qilish;  
�  korxonalar  buxgalteriya  hisobini  xalqaro  andozalarga  majburiy  o’tishini  hisobga  olib, 
buxgalteriya hisobini isloh qilish.  


1996 yilda xalqaro donorlar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan hukumatda pensiya islohoi 
bo’yicha  ishchi  guruhi  tashkil  qilindi.  1997  yil  martida  shu  guruh  pensiya  tizimida  ko’zda 
tutilayotgan  islohatlar  kontseptsiyasini  chop  etdi  va  joylarga  tarqatdi.  May  oyida  kontseptsiya 
qayta  ko’rib  chiqildi  va  guruh  a’zolari  taklif  qilayotgan  islohotlarning  asosiy  tarkibiy  qismlarini 
tushuntirish uchun mamlakat bo’yicha tarqalib ketishdi. Viloyat ma’muriyati, kasaba uyushmalari 
vakillari,  pensionerlar  guruhlari  va  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  uchrashuvlar  o’tkazildi  va 
joylarda  mazkur  islohotlarning  mohiyati  tushuntirildi.  1996  yil  may  oyida  mehnatkashlar 
tomonidan amalga oshiriladigan ixtiyoriy o’tkazmalar imkoniyatlarini yaratish va pensiya fondiga 
xususiy ajratmalar qilish uchun pensiya qonuni o’zgartirildi.  
MDH  mamlakatlari  Qozog’iston  Respublikasi  pensiya  islohotlarini  amalda  joriy  etish 
bo’yicha  etakchi  davlat  hisoblanadi.  Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  Qozog’iston  bunday 
islohotning  muhimligini  tushunib  etdi  va  Chili  modeliga  asoslangan  islohotlar  boshlab  yuborildi. 
Agar  islohotlar  modeliga  e’tibor  beradigan  bo’lsak,  uni  davlat  korxonalarini  xususiylashtirishni 
tezlashtirish  va  kapital  bozorlarni  rivojlantirish  bilan  chambarchas  bog’liqligini  ko’rish  mumkin. 
MDH  davlatlarida  yaqin  vaqtlargacha,  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  vazirliklari 
tomonidan  hududiy  bandlik  xizmati  organlari  faoliyatlarining  samarali  yoki  samarasiz  ekanligi 
quyidagi ikkita ko’rsatkich bilan baholanardi:  
-  aholini  ish  bilan  ta’minlash  jamg’armasiga  yig’ilgan  sug’urta  ajratmalari  va  bu 
mablag’larning ishsizlarga nafaqa to’lovlari uchun etarliligi;  
- ishsizlik darajasi, mehnat organlari ro’yxatidan o’tgan jami ishsizlar sonining jami iqtisodiy 
faol  aholiga  nisbati.  Bu  ko’rsatkichlar  va  natijalar  bandlik  xizmati  faoliyatining  samarali  yoki 
samarasiz  ekanligini  baholash  uchun  etarli  hisoblangan.  Shuningdek,  hududiy  bandlik  xizmati 
organlari ichki faoliyatlarida quyidagi;  
-  ishsizlar  soni;  bitta  ishsizga  to’g’ri  keladigan  bo’sh  ish  joylari  soni;  o’z  vaqtida  va  to’liq 
ishsizlik  nafaqalarining  to’lovi,  jami  ishsizlardan  hisobga  olinganlar  hissasi  va  hisobdan 
chiqarilganlar  hissasi;  jami  ishsizlar  ichida  nafaqa  oluvchilar  hissasi  va  boshqalardan 
foydalanilgan.  
Jaxon tajribalari kursatadiki, turli mamlakatlar g’aznalariga xar xil vazifalar  yuklatilgan edi, 
ularning  maxalliy  xususiyatlaridan  kelib  chikkan  xodda,  yangi  vazifalar  yuklatilib  yoki  olib 
tashlanar  edi.  Uzok  davom  etgan  urushlar  sababli  davlat  boyligining  kamayishi  okibatida 
g’aznalarga yangi vazifa, ichki va tashki karz majburiyatlarini ishlab chikish yuklatilgan edi. Ba’zi 
mamlakatlarda g’aznachilik tasdiklangan byudjet asosida byudjet tashkilotlariga fakattina resurslar 
ajratish  bilan  cheklangan  takdirda,  bu  g’aznachilikning  roli  suet  bulishi  mumkin.  Agar 
g’aznachilikning roli faol bulganda xarajatlarni tulash  
majburiyatlarining limitlarini oldindan kuzda tutilgan mezonlar asosida belgilaydi.  
G’aznachilik  davlat  karzlarini  boshkarishda  turli  boskichlarda  katnashishi  mumkin  va 
g’aznachilik  bajarilgan  xisob-kitob  operatsiyalari  uchun  javob  beradi.  "Lekin  shuni  aytib  o’tish 
kerakki,  davlat  moliyasini  boshkarishning  va  tashkiliy  to’zilishi  bir  xil  bulgan  g’aznachilik 
tizimining  yagona  modeli  mavjud  emas.  Xar  bir  mamlakatda  g’aznachilikni  boshkarmalari  va 
bulinmalarining to’zilishi xamda ularning anik funktsiyalari turlicha belgilanadi. Bundan tashkari, 
g’aznachilik tizimining vazifalari vakt o’tishi bilan, albatta, uzgaradi."  
G’aznachilikni  tashkil  etishning  asosiy  maksadi  shundan  iboratki,  davlatning  moliyaviy 
resurelarini  samarali  boshkarishga  ta’sir  etadi.  G’aznachilik  deb  ataladigan  organlar  davlat 
moliyasini  boshkarishga  taallukli  turli  vazifalarni  bajaradilar.  "Xukumat  tomonidan  moliyaviy 
operatsiyalarni boshkarishdagi uning asosiy vazifalari etibkuyidagilar belgilangan"
8
.  
1. Davlat moliyasini boshkarish.  
2. Byudjetni ijro etish.  
3. Buxgalteriya xisob-kitobini yuritish.  
4. Nazorat kilish va baxolash.  
Davlat moliyasini boshkarishni o’zi turli yunalishlarga ega: a) Nakd mablag’larni boshkarish.  
Byudjet daromadlarini ijrosidagi bu faoliyatni yunalishlari kuyidagilar dan iborat:  


-  soliqlarni va boshka tushumlarni yigish;  
-  daromadlarning tushumlarini tushishini nazorat kilish;  
-  tushumlarni yigishda bank bilan buladigan munosabatlarni amalga oshirish;  
-  davlat boshkaruv organlarining turli darajalari o’rtasida
 
daromadlarni taqsimlash;  
-  resurslarni taksimlash yoki limitlarni belgilash;  
-  xarajatlarni moliyalashtirish uchun talabnomalarni tasdiqlash va ularni tulash.  
b)Moliyaviy  rejalashtirish.  Davlat  xarajatlarini  moliyalashtirish  uchun  kerak  buladigan 
g’aznachilikning yagona xisobrakamiga tushadigan tushumlarni taxminlashtirishni kuzda tutadi.  
v) Davlat karzlarini boshkarish.  
g) Davlatning moliyaviy aktivlari ustidan nazorat kilish.  
Biz mazkur bulimda davlat to’zilishi turlicha bulgan AKSh, Yaponiya, Frantsiya, Avstraliya, 
Buyuk  Britaniya,  Rossiya  Federatsiyasi,  Krzogiston  Respublikasi  kabi  mamlakatlar  misolida 
g’aznachilikning funktsiyalarini kanday taksi mlanishi ni taxlil kilib kuram iz.  
Avstraliyada  vazirlik  makomiga  ega  bulgan  va  tugridan-tugri  xukumatga  buysinadigan 
G’aznachilik  departamenti mavjud. Uning  asosiy vazifalaridan biri tushumlarni  yigishdan iborat. 
G’aznachilik  departamenti  tarkibida  Soliq  boshkarmasi  joylashgan  bulib,  G’aznachilik 
departamenti  shu  boshkarma  orkali  soliq  to’lovchilar  bilan  muomalada  buladi  va  tashki 
tushumlardan  tashkari  barcha  soliq  to’lovlarni  yigib  oladi,  tashki  tushumlarni  yigish  bilan  esa 
bojxona xizmati shugullanadi.  
Byudjetning  xarajatlar  kismining  ijrosi  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  surovi  asosida 
amalga  oshiriladi.  Mamlakatda  byudjetdan  mablag’  oluvchilarni  byudjet  majburiyatlarining  anik 
xukukiy-me’yoriy  xujjatlari  kabul  kilingan,  shuningdek,  byudjet  larini  maksadli  va  samarali 
ishlatishning nazorat  usullari mavjud bulib, ular tarmok vazirliklari tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunda G’aznachilik departamenti faol g’aznachilik rolini uynaydi. Avstraliyada davlat  
karzlarini boshkarish g’aznachilikka yuklatilgan. G’aznachilik departamenti muomalaga kimmatli 
kogozlar chikarishni, ularning xajmini, tarkibini va to’lov muddatini nazorat kiladi.  
Avstraliyada  g’aznachilik  vazifasini  G’aznachilik  Departamentidan  tashkari  Moliyaviy 
Departament  bajaradi.  Mamlakatda  davlatga  karashli  mablag’lar  g’aznachilikning  yagona  xisob 
rakamida tuplanadi. Moliyaviy Departament bankda yagona xisob rakamni amal kilish mexanizmi 
uchun shart-sharoit va usullarni belgilaydi.  
Avstraliyada davlatnig  moliya-axborot tizimi  faoliyat  kursatadi. Bunda  byudjetni  tayyorlash, 
uni  ijro  etish  va  yigilgan  tushumlarning  xisobi  yuritish  amalga  oshiriladi.  Mazkur  axborot  tizimi 
orkali G’aznachilik  Departamenti  bilan Moliyaviy  departament bulimlari  bilan mustaxkam  aloka 
urnatilgan,  bundan  tashkari,  tarmok  departamentlari  bilan  aloka  boglangan.  Mamlakatda  bunday 
tizimning  mavjudligi  xar  doim  davlatning  moliyaviy  resurs-lari  tugrisidagi  tezkor  umumiy 
axborotlarni olish im koni ni beradi.  
Frantsiyada g’aznachilikning tashkil kilinishi XII-XIY asrlarda tugri keladi, shu paytga kelib, 
birinchi  marta  davlat  puli  va  kirolning  mulki  bir-biridan  ajratib  olindi.  Xarbiy  va  yirik  kapital 
chikimlar katta moliyalashtirishni talab kilganligi sababli tarmoklangan tizim orkali pulni yigish va 
markazlashtirish extiyoji tutildi. XX asrlarda g’azna birligi, ya’ni Markaziy bankda yagona g’azna 
xisobi tamoyili  tarkib  topdi,  g’aznaning ma’muriy  tizimi  shakllantirildi, unga davlat xisob-kitobi 
tarmogi va pul nazorati berildi xamda Moliya vazirligiga buysindirildi.  
Frantsiyada  G’aznachilik  funktsiyalari  Davlat  G’aznasi  va  Davlatning  xisob-kitob  yuritish 
bosh derektsiyasi urtasida bulingan. Xar ikkala tashkilot yukori tashkilotlarning ikkinchi pogonasi 
xisoblanadi:  Davlat  G’aznasi  Moliya  Vazirligining,  Davlatning  xisob-kitob  yuritish  bosh 
derektsiyasi Byudjet vazirligining tarkibiga kiradi.  
Frantsiyada  barcha  moliyaviy  resurslar  G’aznachilikning  yagona  xisobrakamida  yigiladi,  bu 
mablag’larning  mikdori  Markaziy  Bankda  joylashgan  barcha  tushumlar  va  to’lovlar  yigiladigan 
shu xisobrakam bilan nazorat kilinadi. "Davlat G’aznasi kuyidagi xukuklarga ega":  
■ - byudjet mablag’lari taksimlovchilarining takdim kilgan kirim orderlarini, shartnomalarda 
belgilangan  karz  talabnomalarini  ijro  kilish  uchun  kabul  kiladi,  shuningdek,  karz  majburiyatlari 


buyicha  nakd  pullarni  va  davlat  tashkilotlarining  xukuki  bulgan  boshka  shakldagi  tushumlarni 
oladi;  
■-  buyrukka  asosan,  kreditorlarning  talabi  buyicha  takdim  kilingan  xujjatlar  asosida 
xarajatlarni to’lovini amalga oshiradi, shuningdek, sud karorlarini ijro kiladi;  
■  davlat  muassasalarini  yoki  ularning  ishonchli  vakillariga  karashli  pul  mablag’larni  va 
moddiy boyliklarni saklashni va kuriklashni ta’minlaydi va nakd pullar bilan amalga oshiriladigan 
operatsiyalarni bajaradi;  
■  amalga  oshirilgan  moliyaviy  operatsiyalarni  tasdikdaydigan  buxgalteriya  xisob-kitobi 
buyicha yuritiladigan xujjatlarni saklaydi;  
■buxgalteriyada ularga yuklatilgan buxgalteriya xisob-kitobini olib boradi.  
"Mamlakatda g’aznachilik organlari Davlat byudjetini tuldirish va ijro kilishni ta’minlaydigan 
4000 dan ortik bulimlariga ega. G’aznachilik organlari davlatning soliqli va soliqsiz daromadlarini 
yigib oladi va kerakli nazorat ishlaridan keyin davlat mablag’larini sarflanishini amalga oshiradi.  
G’aznachilik  organlari  daromadlar  tushumining  va  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  xisob-
kitobini  yuritadi.  Bu  vazifa  xar  bir  geografik  departamentda  tayinlangan  Bosh  g’aznachiga 
yuklatilgan.  Ularning  amalga  oshirgan  moliyaviy  operatsiyalari  tugrisidagi  ma’lumotlar  xar  kuni 
G’aznachilikning Markaziy Xisob agentligi Bosh buxgalteriyasida ishlov  
uchun yigiladi.  
Bundan tashkari, G’aznachilik  organlari davlat tashkilotlarini-ta’lim  muassasalarini, ijtimoiy 
ta’minot  va  boshkaruv  organlarini  xamda  ijtimoiy  turar  joy  tashkilotlarini  moliyaviy  faoliyatini 
tekshiradi  va  nazorat  kiladi"
10
.  Bosh  G’aznachi  joylardagi  27000  muassasalarni  (davlat 
buxgalterlarini,  davlat  tashkilotlarini-ta’lim  muassasalarini,  ijtimoiy  ta’minot  va  boshkaruv 
organlarini  xamda  ijtimoiy  turar  joy  tashkilotlarini)  nazorat  kilishi  shart.  Davlat  buxgalterlari 
mintakalar, departamentlar, kommunalar, shuningdek, maxalliy davlat tashkilotlari buyicha xisob-
kitob yuritadilar.  
Davlat buxgalterlari byudjet mablag’lari taksimlovchilarini moliyaviy maslaxatchilaridir.  
Davlat G’aznasi kuyidagilarni nazorat kiladi:  
1. Daromadlar soxasida:  
a) davlatning karz talabnomalarini undiradi;  
b) davlat muassasalarining xar bir guruxi uchun kabul kilingan amaldagi konun xujjatlarida va 
nizomlarda kuzda tutilgan daromadlar olishga ruxsat beradi.  
2. Xarajatlar soxasida:  
a) byudjet mablag’larini taksimlovchilarining vakolatlarini nazorat kiladi;  
b) kreditlarni mavjudligi nazorat kiladi;  
c) karz majburiyatlarida kursatilgan muddatlarni nazorat kiladi;  
d) xarajatlarni anik byudjet tasnifi buyicha amalga oshirilishi nazorat kiladi.  
Z.Mol-mulk soxasida:  
a) mulk egalarining xukuklarni. imtiyozlarini, ipotekalarni va  
nazorat kiladi;  
b) buxgalteriya xisob-kitobi olib boriladigan mol-mulkni  
saklanishi nazorat kiladi.  
G’aznachilik kuyidagi daromadlarni yigilishini ta’minlaydi:  
F tugri soliqlar (daromad soligi va tugri maxalliy soliqlar,  
korxonalar darom ad iga soli k):  

 audio vositalaridan foydalanganligi uchun yigim;  

 
davlatning soliqsiz to’lovlari (masalan, jarimalar), maxalliy xokimiyat boshkaruv organlari va 
maxalliy davlat tashkilotlariniig  

 soliq yigimlari.  
Ushbu  funktsiyalarni  bajarish  uchun  soliqli  to’lovlar  va  to’lovlarni  yigishning 
avtomatlashtirilgan protseduralari ishlab chikilgan. Kushimcha kiymat soligini tulaydigan 2000 ga 
yakin  soliq  to’lovchilar  to’lovlarni  tutridan-tugri  Markaziy  bankning  yagona  xisobrakamga 


utkazadi,  kolgan  soliqlarning  50  foizi  Tushumlar  Derektorati  tomonidan,  35  foizi  Davlatning 
xisob-kitob yuritish bosh derektsiyasi tomonidan, 15 foizi Bojxona xizmati tomonidan yigiladi..  
Frantsiyadagi  g’aznachilik  %izimi  faoliyatining  eng  muxim  tomonlaridan  biri  shundaki, 
kadrlar  masalasiga  aloxida  e’tibor  beriladi.  Frantsiyadagi  Davlat  G’aznasi  organlarida  58000 
xodim ishlaydi, u
tgan 
yillar mobaynida Davlat G’aznasi Bosh Boshkarmasi kadrlarni sifatli tanlash 
va  xodimlarni  samarali  boshkarishga  aloxida  e’tibor  beradi.  1998  yili  talab  darajasida  kasb 
xodimlarini  tayyorlashga  yunaltirilgan  kadrlarni  tayyorlash  tizimini  modernizatsiyalash  amalga 
oshirildi.  
Xodimlar guruxlarga karab taksimlandi:  
♦ A guruxi: rax,barlik funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan darajali (litsenziyaga ega) 
davlat xizmatchilari;  
f B guruxi: urta maxsus ma’lumotga ega, u rta raxbarlik  
funktsiyalarini bajarishga tayyorlanayotgan davlat xizmatchilari;  
♦ S guruxi: maxsus kasb ma’lumoti tugrisida diplomga ega davlat xizmatchilari.  
Davlat  G’aznasi  Bosh  Boshkarmasi  G’aznachilik  organlarining  malakali  xodimlari  tugrisida 
axborotlarni  tarkatilishi  buyicha  faol  ravishda  ish  olib  bormokda.  Shu  maksadda  uch  yunalishda 
ish olib boriladi:  
> Davlat G’aznasi xizmatiga kelgan xodimlarni boshlangich kasbga tayyorlash;  
> Davlat G’aznasi xizmatida ishlayotgan xodimlarni kasb maxoratini oshirish:  
> xizmat pogonalaridan kutarilishni xoxlovchi xodimlarni konkurs asosida tanlab, ularni 
raxbarlikka tayyorlash.  
Xar  bir  xodimga  va  "deontoloniya"

ta  bagishlangan  axborot  byulletenning  1995  yilgi  '"Davlat 
G’aznasining  yangiliklari"  nomli  maxsus  soni  nashr  kilindi.  Bundan  tashkari,  turli  me’yoriy 
xujjatlarda  xodim  larga  yuklatilgan  vazifalarni  bajarish  jarayonidagi  talab  l  ar,  kasbiy  maxorat 
etikasining konun-koidalari berib boriladi.  
Shuningdek,  deontoloniyaga  bagishlangan  boshlangich  o’rganishga  muljallangan  darslar 
tizimli  ravishda  olib  boriladi.  Inspektor-stajyorlar,  Davlat  g’aznasi  ishlarini  bajaruvchilar  uchun 
G’aznachilikning  Milliy  Maktabida  shu  mavzularda  maxsus  ma’ruzalar  u  kiladi.  G’aznachilik 
organlari xodimlarini kasb maxoratini oshirish maksadida deontoloniya mavzusida ukuv dasturlari 
to’ziladi.  
Mazkur tizimda mablag’lar xarakati va ulardan maksadli foydalanishi ustidan joriy va keyingi 
nazoratni  kuchaytirishga  oid  konunlarni,  me’riy  xujjatlarni,  yuriknomalarni  bilmasdan  turib, 
g’aznachilik  organlaridagi  mutaxassislarning  kasbiy  tayyorgarligisiz  ishni  tashkil  etish  mumkin 
emas. Shu bois respublikamizda xam g’aznachilik bulimlaridagi kadrlar masalalalarini xal etishda 
moliya,  soliq,  bank  soxasida  ish  tajribasiga  ega  bulgan  mutaxassislar  tanlab  olinishi  va  kasbiy 
malakasi oshirilishi zarurdir.  
Yaponiyada  g’aznachilikni  bajaradigan  funktsiyalarining  tashkiliy  sxemasi  o’ziga  xos 
xususiyatga  ega.  Bu  mamlakatda  g’aznachilikni  bajaradigan  funktsiyalari  G’aznachilik  bulimiga, 
Karzlarni boshkarish bulimiga, Moliya bulimiga, Byudjet bulimiga, Xukukiy bulimga va Byudjetni 
ijro  etish  bulimiga  yuklatilgan.  Bu  bulimlar  Byudjet  va  Moliya  byurosi  tarkibiga  kiradi,  bu 
byurolar Moliya vazirligining bulinmalari xisoblanadi. Bulinmalarning nomidan kurinib turibdiki, 
Yaponiyada davlat moliyasini boshkarish maxsus ixtisoslashgan kichik  
bulinmalarga (podrazdeleniya) yuklatilgan.  
Yaponiyada G’aznachidik bulimi kunlarga bulingan moliya rejasini tayyorlaydi, shuningdek, 
Byudjetni  ijro  etish  bulimi  bilan  davlatning  Yaponiya  bankdagi  xisobrakamdan  tulanadigan 
to’lovlarni va tushumlarni nazorat kiladi.  
Barcha tushumlarni  yigilishiga Moliya Vazirligi tarkibidagi Milliy Soliq xizmati va Bojxona 
departamenti  javob  beradi.  Soliqlar  tugridan-tugri  Yaponiya  bankiga  e'ki  vakolat  berilgan  tijorat 
banklariga, Milliy Soliq xizmati va Bojxona departamentining maxalliy bulimlarida pochta tizimi 
asosida tulanishi mumkin.  


Karzlarni  boshkarish  bulimi  Yaponiya  bankining  agenti  sifatida  kimmatli  kogozlarni 
chikarish, ularning tarkibi, xajmi va muddatiga taallukli masalalarni xal etadi. Byudjetni ijro etish 
bulimi  byudjet  vazirliklarining  mablag’lari  doirasida  ularning  xarajatlarini  tulash  grafigini 
tasdiklaydi,  ayrim  xarajatlarni  moddalarini  tulash  majburiyatlarini  olishda  Moliya  Vazirligining 
ruxsati  talab  etiladi.  Yaponiya  banki  byudjet  vazirliklarining  mablag’larini  ishlatilishini.  va 
ularning  mavjud  limitlarini  nazorat  kiladi.  Xukumatning  barcha  davlat  mablag’lari  Yaponiya 
bankining yigma xisobrakamidatuplanadi.  
Mamlakatda  ikkita  asosiy  axborot  tizimi  mavjud.  Bunda  byudjetni  tayyorlash,  uni  ijro  etish, 
byudjet  xujjatlarini  nashr  kilish  va  buxgalteriya  xisobi  amalga  oshiriladi.  Umumiy  axborotni 
tayyorlash  muddati  xisobotning  murakkabligiga  boglik.  Kassa  operatsiyalari  buyicha  umumiy 
axborot xar kuni tayyorlanadi, tarmok vazirliklaridan kengaytirilgan axborotni olish mumkin.  
Buyuk  Britaniyada  davlat  moliyasini  boshkarish  kuyidagi  tartib  asosida  to’zilgan. 
G’aznachilik karzlarni boshkarishni amalga oshiradi, G’aznachilikni bosh idorasi xisobrakamlarni 
ruyxatdan utkazadi  va xisob-kitob  yuritadi. Byudjetga tushumlar soliq va bojxona xizmati orkali, 
soliqdan tashkari yigimlar esa departamentlar orkali yigiladi.  
G’aznachilik  asosiy  funktsi^si  g’aznachilikning  yagona  xisobrakami  xisoblangan 
konsolidatsiyalashgan 
fonddagi 
barcha 
tushumlarni 
nazorat 
kiladi. 
Shuningdek, 
konsolidatsiyalashgan  fonddan  tulangan  barcha  to’lovlar  xam  uning  nazoratida  buladi. 
G’aznachilik  daromadlarni  va  xarajatlarni  balanslashtirish  maksadida  xar  oyda  moliya  rejasini 
ishlab chikddi, bu reja kiska muddatli moliyalashtirishdagi talabni aniklashda ishlatiladi.  
Yukorida aytib utganimizdek, davlat karzlarini boshkarish  g’aznachilik  funktsiyasiga kiradi, 
Shuning uchun u davlatning kimmatli krgozlarini chikarishni, ularning xajmini, tarkibini va to’lov 
muddatini aniklaydi.  
Bir  suz  bilan  aytganda,  Angliya  bankining  agenti  sifatida  namoyon  buladi.  G’aznachilikni 
bosh  idorasi  tasdiklangan  byudjet  parametrlari  doirasida  departamentlarning  to’lov  kogozlari 
asosida pul mablag’lari ajratadi, u to’lovlar xisob-kitobini olib boradi. Ichki nazorat va  
auditni  vazirlik  o’zining  kuchlari  bilan  utkazadi.  G’aznachilik  davlat  korxonalarini  tashkaridan 
moliyalashtirishda  limitlar  orkali  nazorat  kiladi,  xususiylashtirilgan  tarmoklardagi  ma’lum 
departamentlar  ga  karashli  "oltin"  aktsiyalardan  tashkari  moliyaviy  aktivlarni  boshkaruvchisi 
xisoblanadi.  
Davlat moliya axborot tizimi G’aznachilik raxbarligida faoliyat kursatadi. Mazkur tizim orkali 
byudjet  tayyorlanadi,  va  tasdiklangan  byudjet  mablag’lari  darajasida  xarajatlar  ruyxatga  olinadi, 
tushumlarning  ruyxatga  olinishi  aloxida  amalga  oshiriladi.  Vazirliklar  davlat  moliya  axborot 
tizimiga boglangan, bundan tashkari, o’zlarining
 
xususiy axborot tizimlariga ega.  
AKShda  G’aznachilik  tugridan-tugri  Prezidentga  buysunadi  va  keng  doiradagi  iqtisodiy  va 
moliyaviy  funktsiyalarni  bajaradi.  Byudjet  jarayonida  byudjetni  tayyorlashga  javob  beradigan 
Ma’muriy-byudjet boshkarmasi, auditga va nazoratga, xisob-kitob ishlariga javob beradigan Bosh 
byudjet-nazorat  boshkarmasi  kabi  muassasalar  katnashadi,  Soliq  boshkarmasi  va  Bojxona 
boshkarmasi G’aznachiliknig bir kismi xisoblanadi.  
G’aznachilik  barcha  tushumlarni  va  to’lovlarni  Nyu-Yorkdagi  Federal  rezerv  bankida 
o’zining bosh xisobrakami orkali nazorat kiladi. G’aznachilik barcha soliqlarni va boj to’lovlarni 
yigadi,  markazlashgan  xolda  barcha  yigimlar  ni  yigilishini  va  ba’zi  muassasalar  ga  xizmatlar 
kursatishni ta’minlaydi. Tushumlarni yigishda bank tizimidan foydalaniladi.  
Tarmok  departamentlari  mablag’larni  tutri  va  samarali  ishlatilishi  buyicha  nazoratni  amalga 
oshiradi.  Barcha  xarajatlar  tasdiklangan  byudjet  parametrlari  doirasida  byudjetdan  mablag’ 
oluvchilarning surovi asosida G’aznachilik tomonidan tulanadi, bunda cheklardan va elektron pul 
utkazish vositalaridan foylaniladi.  
Byudjetdan  ajratilgan  mablag’lar  tarkibi  xam  G’aznachilik  tomonidan,  xdm  Ma’muriy-
byudjet  boshkarmasi  tomonidan  nazorat  kilinadi.  Shuningdek,  AKShda  G’aznachilik  boshka 
mamlakatlardagi kabi davlatning kimmatli kogozlarini chikarishni va xisobini nazorat kiladi xdm 
da  ularning  to’lov  muddatlarini  belgilaydi  va  auktsionlarda  ularni  joylashtirishni  nazorat  kiladi. 


Shu  bilan  birga  G’aznachilik  davlatning  kimmatli  kogozlarini  ikkilamchi  bozorining  kridalarini 
belgilaydi, G’aznachilik kiska muddatli kassa talablarini koplash uchun doimiy xaftalik kimmatli 
kogozlarni chikaradi.  
G’aznachilik  buxgalteriya  xisob-kitobiga  javob  beradi,  oylik  va  yillik  moliya  xisobotlarni 
tayyorlash uchun ma’lumotlar  yigadi  va muassasalar uchun me’yoriy xujjatlar tayyorlaydi.  Ichki 
nazorat va audit funktsiyalarini tarmok departamentlaridagi bosh inspektorlar bajaradilar. Federal 
xukumat  federal  mablag’lari  hisobi  dan  moliyalashtiriladigan  maxalliy  dasturlar  buyicha 
tekshiruvni  amalga  oshiradi.  AKD1d

G’aznachilik  va  Byudjet  departamentlari  faoliyati  anik 
muvofikdashtirilgan.  G’aznachilik  byudjet  tushumlari  tugrisida  xujjatlarni  tayyorlaydi  va 
makroiqtisodiy  asoslarni  ishlab  chiqishda  katnashadi.  Ma’muriy-byudjet  boshkarmasi  Prezident 
Kongressiga  takdim  kilinadigan  xarajatlar  smetasini  tayyorlaydi,  shuningdek,  turli  darajadagi 
byudjetlarni umumlashtiradi. G’aznachilik pul okimlari boshkaruvini va karz majburiyatlari xisob-
kitobini  amalga  oshiradi.  G’aznachilik  va  tarmok  departamentlari  urtasida  dialog  tartibida 
axborotlar  almashuvi  amalga  oshiriladi.  G’aznachilik  tizimida  yagona  federal  tizimdagi 
xisobotlarni  tayyorlash  uchun  ba’zi  bir  funksiyalar  birlashtiriladi.  Tarmoq  departamentlari 
uzlarining  xususiy  axborot  tizimiga  ega,  shuningdek,  G’aznachilikka  dialog  tartibida  axborotlar 
beradi  va  kabul  kiladi.  Hisobotlarni  turlariga  qarab  ularni  tayyorlash  vakti  turlichadir,  nakd  pul 
okimlari tugrisidagi umumiy axborot har kuni tayyorlanadi. 



Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish