Iqtisodiy faol aholi – milliy xo’jalikda band bo’lgan barcha kishilar bilan bir qatorda ish
qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va tegishli faoliyatda
qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki mablag’lari yo’qligi tufayli bu
faoliyatni amalga oshira olmaydilar.
Ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan
fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan belgilangan
ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’i.
Do'stlaringiz bilan baham: |