Diversifikatsiya – (lot. diversificatio – o’zgarish, xilma-xil taraqqiyot) – korxonalarning
faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi.
Disversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish,
bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.
Dividend – (lot. dividendum – taqsimlanadigan narsa) – aktsiyadorlar jamiyati foydasidan
aktsiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividendning miqdori
aktsiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aktsiyalar soni va qiymatiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |