Pensiya ishi


  Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/212
Sana31.12.2021
Hajmi2,26 Mb.
#208913
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   212
Bog'liq
Davlat maqsadli va bujetdan tashqari jamgarmalar

1.  Davlat maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
va mohiyati 
Ijtimoiy va iqtisodiy siyosat muvozanati o’zida jamiyatning rivojlanish maqsadi va unga 
erishish  tadbirlari  muvofiqligini  mujassamlashtiradi.  Bu  muvozanatning  aniq  shakli  fond  va 
iste’mol,  iqtisodiy  samaradorlik  va  ijtimoiy  adolat,  iqtisodiy  rivojlanishning  turli  modellararo 
o’zaro muvozanatida yaqqol ko’rinadi.  
O’zbekiston  Respublikasida  aholining  yuqori  turmush  darajasini  ta’minlash  va  kuchli 
ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishga  asoslangan  huquqiy  demokratik  jamiyat  qurish  kabi 
maqsadli  vazifa  qo’yilar  ekan,  bunda  davlatning  maqsadli  fondlarining  hozirgi  va  istiqboldagi 
rivojlanishining xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. 
O’zbekistonda  bozor  iqtisodiyotini  erkinlashtirish  bosqichida  va  islohotlarning 
chuqurlashuvi  sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish  yangicha amaliy va samarali 
shakllarni qo’llashni talab etadi. Jahon tajribasining ko’rsatishicha, davlatning maqsadli fondlari 
tizimi faoliyatini yo’lga qo’yish va undan samarali foydalanish kuchli ijtimoiy siyosatni amalga 
oshirishda muhim o’rin tutadi. 
Respublikamizdagi  islohotlarning  barcha  bosqichlarida  ijtimoiy  siyosatning  asosiy 
yo’nalishlari  bo’yicha  maqsadli  fondlar  shakllantirildi.  Albatta,  shu  kungacha  bu  fondlarining 
amal  qilishi  aholini  ijtimoiy  himoyalashning  jamiyatimiz  boyligiga  aylangan  yutuqlariga  hissa 
bo’lib qo’shilmoqda. Endilikda ijtimoiy siyosatning yangi bosqichi talablariga muvofiq, ob’ektiv 
ravishda maqsadli fondlar sonini ko’paytirish va ularning barchasini amal qilish samaradorligini 
oshirishga tobora ko’proq e’tibor qaratilmoqda. 
Hozirgi kunda mamlakat moliya tizimi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardan biri Davlatning 
maqsadli fondlari faoliyatidan samarali foydalanish hisoblanadi. 
Hozirgi sharoitda davlat maqsadli fondlarining o’rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat 
byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, 
ishlab  chiqarishni  rag’batlantirishda  bevosita  Davlat  byudjeti  bilan  birga  Davlatning  maqsadli 
fondlarining dan ham foydalaniladi.  
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  sharoitida  ishlovchilar,  korxonalar,  davlat  va  jamiyat 
manfaatining  yangi  munosabatiga  xos  ijtimoiy  himoyaning  shakl  va  mexanizmlarini  yaratish 


zarurati  kelib  chiqdi.  Davlat  bu  fondlarining  mablag’lari  bilan  ishlab  chiqarish  jarayoniga 
aralashadi,  tashkilot  va  muassasalarga  kreditlar  va  subsidiyalar  beradi.  Ijtimoiy  siyosat  chora-
tadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi. Davlatning 
maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. 
Ayni  paytda  Davlatning  maqsadli  fondlari  nafaqat  davlatning  daromadlar  bazasini 
ta’minlashi  va  kelib  tushgan  pul  mablag’larini  xarajat  qilishi  lozim,  balki  jamiyatda 
makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarur. Chunki, 
O’zbekistonda  ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  maqsadida  amalga 
oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  aholi  turmush  farovonligini 
yaxshilashdir. 
Bizga  ma’lumki,  nar  bir  jamiyat  o’zining  milliy,  madaniy,  tarixiy  qadriyatlariga  asosan 
mehnatga  qobiliyatsiz  aholi  qatlamini,  vaqtinchalik  ishsiz  aholi  qatlamini  himoya  qilishni  va 
boshqa  vazifalarni  o’z  bo’yniga  oladi.  Jahon  tajribasidan  ko’rinadiki,  ushbu  maxsus  davlat  
maqsadli  funktsiyalarini  davlat  byudjetidan  amalga  oshirish  hamma  vaqt  ham  samarali  emas. 
Qoidaga  ko’ra,  inqirozlar,  yuqori  inflyatsiya,  ijtimoiy  va  siyosiy  larzalar  sharoitida  ushbu 
funktsiyalarni davlat byudjetidan moliyalashtirish samarasining pasayishini kuzatish mumkin. 
Davlat  byudjeti  o’zining  daromadlarini  aniq  xarajatlariga  biriktirilmasligi  hisobiga 
mablag’larning moslashishiga ko’mak beradi. Ammo xarajat moddalari bo’yicha mablag’larning 
ortiqroq yo’naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e’tiborni talab 
etadi,  chunki  hamma  vaqt  ushbu  maqsadlar  uchun  xarajatlarni  kamaytirishdek  xavf  mavjud 
bo’ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo’nalishlarini aniqlash va mablag’larni 
maqsadli ishlatilishi va yo’naltirilishi ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yuqoridagi  holatlar  maqsadli  umumdavlat  vazifalarini  moliyalashtirishda  tegishli 
Davlatning maqsadli fondlarini tashkil etish uchun asos bo’ldi. 
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin: 
• 
ma’lum maqsadli qismini davlat yoki mahalliy byudjetlardan ajratish
• 
hukumat qarorlariga asosan aniq maqsadli yangi Davlatning maqsadli fondlarini tashkil 
etish. 
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ikkala usuldan ham foydalanilmoqda.  
Davlatning  maqsadli    fondlarining  byudjet  paydo  bo’lishidan  ancha  avval  vujudga  kelgan. 
Ularning  paydo  bo’lishi  davlat  faoliyatining  kengayishiga  yangi  xarajatlar  va  tegishli  ravishda 
ularni  amalga  oshirishga  zarur  bo’lgan  qo’shimcha  mablag’lar  bilan  bog’liq.  Davlat 
fondlariningsoni doim o’zgarib turgan, ular asosan vaqtinchalik xususiyatga ega, maxsus fondlar 
yoki  alohida  hisob  varaqlar  ko’rinishida  bo’lgan  va  ularni  boshqarish  uchun  qo’shimcha 
mablag’lar talab etilgan. 
Hozirgi  sharoitlarda  Davlatning  maqsadli  fondlari  aktualligi  saqlanib  qolmoqda,  ayniqsa 
o’tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda va iqtisodiy tangliklar davrida. Chunki: 
• bu fondlar byudjet bilan birgalikda davlatning iqtisodiyotga aralashuviga imkon beradi va 
tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi; 
•  Davlatning  maqsadli  fondlariningmaqsadli  xarakteri  va  maqsadi  ularning  mablag’laridan 
samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni yengillashtiradi
• ma’lum bir hollarda (faol saldo mavjudligi) fondlarining mablag’lari byudjet taqchilligini 
qoplash uchun jalb qilinishi mumkin. 
Davlatning  maqsadli  fondlarining  tashkil  etishning  maqsadi  jamiyat  uchun  muhim  bo’lgan 
xarajatlarni byudjet mablag’laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. 
Davlatning maqsadli fondlarining davlat moliyasi tarkibining muhim bo’g’ini sifatida davlat 
jamlanma byudjeti tarkibida muhim o’rinni egallaydi. 
Moliya  tizimining    bo’g’inlari:  umumdavlat  moliyasi,  moliya  bozori,  sug’urta  va  xo’jalik 
sub’ektlari moliyasi tarkibida asosiy o’rin umumdavlat moliyasi bo’lib, uning tarkibi jamlanma 
byudjet  yoki  konsolidatsiyalashgan  byudjetdan  tashkil  topadi.  Jamlanma  byudjet  tarkibida  
davlat byudjeti va davlatning maqsadli fondlari birlashadi. 


Davlatning  maqsadli  fondlariningdavlat  tomonidan  jamiyat  extiyojlarini  va  mustaqil 
kompleks  ravishda  xarajat  kilish  uchun  jalb  etilgan  mablag’larni  qayta  taqsimlash  va  ulardan 
foydalanish bilan bog’liq munosabatlardir.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish