Nafas olish organlarini himoya qiluvchi vositalarga: gazniqoblar,
resperatorlar, matoli niqoblar, paxta va dokali taqqichlar kiradi.
Gazniqoblar – nafas yo’llarini, yuz - ko’zni har xil zaharli ta’sirlardan
saqlaydi. Gazniqoblar filtrlovchi va izolyatsiyalovchi turlarga bo’linadi. Filtrlovchi
gazniqoblar GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V (fuqarolar gazniqobi) va DPF-SH, DPF-
D, PDF-2SH, PDF-2D va KZD (bolalar gazniqobi) kabi rusumlarga bo’linadi.
Filьtrlovchi gazniqoblar asosan 2 qismdan ya’ni filьtrlovchi, chang
yutuvchi qutichadan va rezinali yuzga kiyiladigan niqob qismlardan tashkil topgan.
Filьtrlovchi - chang yutuvchi quticha ichida radiaktiv moddalar va bakterial
vositalarni ushlab qoluvchi filьtrlar hamda zaxarlovchi moddalarni o’ziga yutuvchi
faollashtirilgan ko’mirdan iborat bo’ladi. Filьtrlovchi gazniqob yumshoq elastik
tabiiy yoki sun’iy kauchik asosida olingan rezinadan tayyorlangan shlem -
niqobdan, ko’rish uchun oynaklardan, toza havoni qabul qiluvchi va o’pkadan
chiqqan havoni tashqariga chiqarish uchun mo’ljallangan klapanli qutidan tashkil
topgan.
Rasm-43. Filьtrlovchi gazniqoblar.
Barcha rusumdagi gazniqoblar ham GP-5 rusumli gazniqobiga o’hshash
tuzilishga ega. PDF - SH rusumli gazniqob 7 - 17 yoshlardagi bolalar uchun
mo’ljallangan. Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib,
niqob elastik rezinadan tayyorlangan bo’ladi. Gazniqobdan foydalanish uchun
filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiriladi. Bolalar himoya kamerasi 1,5 yoshgacha
bo’lgan bolalarni zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar va biologik ta’sirlardan
saqlaydi. Bolalar himoya kamerasi tarkibiga - himoya kamerasi, atmosfera
yog’inlaridan saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g’ilof
kiradi.
Gazniqoblarning himoya qilish darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o’z
yuzi o’lchamini bilishi muhim ahamiyatga ega. CHunki yuz o’lchami to’g’ri
tanlangan shlem - niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan hech qanday
zararli ta’sirlar kirmaydi.
Gazniqoblarning o’lchamlari 2 xil usulda aniqlanadi:
Rasm-44. Gazniqob o’lchamini to’g’ri
tanlash uchun odam yuzini o’lchash.
a) yuz o’lchamini aniqlash orqali
aniqlash;
b)daxan
bilan
qosh
suyagi
orasidagi masofani o’lchash orqali.
Rasm-45. Gazniqob o’lchamini yuz balandligini o’lchash orqali aniqlash.
Gazniqoblar o’lchamini birinchi usuli bilan aniqlashda yuz o’lchami 63
sm.gacha bo’lsa – 0; 63,5 - 65,5 sm.gacha bo’lsa – 1; 66 - 68 sm.gacha bo’lsa – 2;
68,5 - 70,5 sm.gacha bo’lsa – 3; 71 sm.dan katta bo’lsa – 4; 71 sm.dan katta bo’lsa
4 dan katta o’lchamli bo’ladi.
Gazniqoblar o’lchamini ikkinchi usul bilan aniqlashda daxan bilan qosh
suyagi orasidagi masofa 99 - 109 mm. gacha bo’lsa 1- o’lchamli gazniqob; 109 -
119 mm. gacha bo’lsa 2-o’lchamli; 119 mm.dan katta bo’lsa 3 - o’lchamli
gazniqob xisoblanadi.
Bolalar gazniqobi o’lchamini topishda ularning yuz balandliklari o’lchanib,
so’ngra quyidagi jadvaldan foydalanib, gazniqob o’lchovi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |