Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Shaxsiy himoya vositalari turlari, tuzilishi va ishlatilishi.
SHaxsiy himoya vositalari inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va
kiyim - kechaklariga radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik
vositalarni tushishidan muhofaza qilishga mo’ljallangan. SHaxsiy himoya
vositalari qo’llanishiga ko’ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz - ko’zlarni
himoya qiluvchi vositalarga bo’linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi va
izolyatsiyalovchi himoya vositalari ham mavjud bo’lib, ular tibbiy saqlovchi
vositalar deb ataladi.