Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 266,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi266,95 Kb.
#208610
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar

4.Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. 

Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli 

kreditlar  va  qarzdorlar  bo’yicha  belgilanuvchi  foiz  stavkalarini  aniqlashda  foydalaniladigan 

quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi: 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi; 

kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari; 

kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari 

Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi. 

Bank  tomonidan  berilgan  kreditlarning  iqtisodiyotning  tarmoqlari  o’rtasida  joy 

lashtirilganlik holati. 

Ushbu  yo’nalishning  ahamiyati  shundaki,  tijorat  banklari  kredit  portfelini 

diversifikatsiya  qilishning  asosiy  mezonlaridan  biri  kreditlarni  mijozlarning  tarmoq 

xususiyatiga  ko’ra  joylashtirilganligi  hisoblanadi.  Shu  jixatdan  olganda,  ushbu  yo’nalish 

kredit  siyosatining  samaradorligini  belgilashda  hisobga  olinadigan  asosiy  omillardan  biri 

hisoblanadi.  

 II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati. 

Tijorat  banklari  faoliyatining  mazmuniga  ko’ra,  avvvalo,  qisqa  muddatli  kreditlash 

institutlari  hisoblanadi.  Ular  xo’jalik  sub’ektlarining  aylnma  mablag’larga  bo’lgan 

ehtiyojlarini  qondirishda  muhim  rol  o’ynaydi.  Ko’pchilik  rivojlanayotgan  davlatlarda 

inflyatsiya  darajasining  nisbatan  yuqori  va  nobarqaror  ekanligi  tijorat  banklarining  kredit 

portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi. 

Inflyatsiya  darajasi  nisbatan  yuqori  bo’lmagan  va  barqaror  bo’lgan  sharoitda  o’zoq 

muddatli  kreditlar  xajmini  oshirish  tijorat  banki  daromad  bazasini  mustaxkamlashning 

sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. 

III.  Tijorat  banklari  tomonidan  berilgan  jami  kreditlar  hajmida  muddati  o’tgan 

kreditlar salmog’ining o’zgarishi. 

Tijorat  banklari  tomonidan  berilgan  jami  kreditlar  hajmida  muddati  o’tgan  kreditlar 

salmog’ining  o’zgarishi  kredit  siyosatining  samaradorligini  tavsiflovchi  asosiy 

ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. 

Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  bank  amaliyotida,  xususan,  G’arbiy  Evropa 

davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi 

salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi 

mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi. 

IV.  Kreditlardan  olingan  foizli  daromadlarning  jami  foizli  daromadlar  hajmidagi 

salmog’ining barqarorligini ta’minlash. 

Tijorat  bankining  moliyaviy  barqarorligini  ta’minlashning  birlamchi  omillaridan  biri 

kreditlardan  olingan  foizli  daromadlarning  jami  foizli  daromadlar  hajmidagi  yuqori  va 

barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari 



faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy 

qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim. 

V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. 

Kreditlash  shakllaridan  to’laqonli  tarzida  foydalanish  kredit  siyosatining 

samaradorligini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  asosiy  omillardan  biri  hisoblanadi.  Kreditlash 

shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. 

Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan 

foydalanilmoqda.  Bo’lar  mijozni  alohida  ssuda  hisobraqamidan  kredit  liniyasi  ochmasdan 

turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir. 

Respublikamiz  tijorat  banklari  tomonidan  kreditlashning  overdraft,  kontokorrent, 

kredit  liniyasi  ochish  yo’li  bilan  kreditlash,  forfeyting  shakllaridan  foydalanilmayotganligi 

ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. 

VI.  Foizlarni  o’stirmaslik  maqomiga  ega  bo’lgan  kreditlar  va  ularga  hisoblangan 

foizlar miqdoining o’zgarishi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  1998  yil  2  dekabrdagi  “Tijorat 

banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi  Nizomga ko’ra, 

banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar: 

a)  Bir  yilgacha  muddatga  berilgan  kreditlar  uchun  kreditning  asosiy  summasini  va 

foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda,  yaxshi ta’minlangan 

va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; 

b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va 

unga  hisoblangan  foizlarni  to’lash  90  kun  va  undan  ortiq  muddatga  kechiktirilgan  holda, 

yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; 

v)  Berilgan  kreditning  asosiy  summasi  yoki  unga  hisoblangan  fozlarni  qaytarilish 

muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda. 

Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli 

daromadlar  hisobraqamidan  chegirib  tashlanishi  lozim.  Bunda  tegishli  foizli  daromadlar 

hisobraqami  debetlanadi,  16309-“Hisoblangan,  lekin  undirilmagan  foizlar”  hisobraqami 

kreditlanadi. 

VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi. 

Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit 

siyosatining  ustuvor  yo’nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  Shu  sababli,  garov  ob’ektlaridan 

unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor 

garov  ob’ektlarini  sotish  evaziga  kreditlarning  asosiy  qarz  summasi  va  ularga  hisoblangan 

foizlarni undirishga qaratiladi. 

VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi. 

Tijorat  banklarining  samarali  kredit  siyosatini  amalga  oshirish  imkoniyati  bevosita 

ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. 

Hozirgi  kunda  kredit  siyosatini  to’zishda  har  bir  tijorat  banki  mustaqil  bo’lib,  ular 

kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik  sub’ektlarini kreditlash 

funktsiyasi  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo’lganligi  uchun  banklar  faoliyatining 

samaradorligi  va  likvidliligini  ta’minlash  uchun  avvalambor,  banklarning  kredit  siyosatini 

turli  ishlab  chiqishga  e’tibor  berish  zarur.  Banklar  oladigan  daromadlar  uning  aktiv 

operatsiyalari  natijasida,  asosan  kredit  operatsiyalar  tufayli  vujudga  kelishi  banklar 

tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi. 

 

 

 





Download 266,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish