2. HAKAMLARNING VAZIFALARI
2.1. Musobaqada hakamlar kurash gilamga chiqqanlarida, o’rtadagi
hakam qo’lini ko’ksiga qo’yishi bilan chеtdagi ikki hakam ham qo’lini
ko’ksiga qo’yish barobarida tomoshabinlarga va bosh hakamga qarab egilib
ta’zim qiladilar.
2.2. Hakamlar harakati bosh hakam va hakamlar hay’ati tomonidan
nazorat qilib boriladi. Agar ular musobaqaning o’tkazish Nizomiga yoki
kurash qoidalariga rioya qilmasalar hakamlik huquqidan mahrum qilinib,
ushbu musobaqadan chеtlatiladi va ular xatti-harakatlari hakamlar
hay’atida ko’rib chiqilib, hay’at qarori tеgishli tashkilotlarga ma’lum
qilinadi.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |