Ikkinchidan, Oliy Majlis palatalari qonunni avvalgi tahrirda qayta ovozga qo’yishi
mumkinmi? Yuqoridagi muammoli vaziyatda keltirib o’tilganidek, qonun loyihasi
qaytarilgan holatda Oliy Majlis palatalari qonunni avvalgi qabul qilingan tahrirda
qayta ovozga qoʻyish yoki davlat boshligʻi eʼtirozlari inobatga olingan holda uni
qayta ishlab, soʻng qabul qilishi lozim edi.
Ikkinchidan, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti o’z e’tirozlari bilan qaytargan qonun loyihasi to’g’ridan
to’g’ri Qonunchilik palatasiga kelib tushadi. Qonunchilik palatasiga qaytib kelgan
qonun loyihasi bo’yicha Qonunchilik palatasi quyidagicha vakolatlarga ega:
1. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taklif va
mulohazalarini e’tiborga olgan holda qabul qilish;
2. Qonunni oldingi tahrirda qabul qilish;
3. Qonunni keyinchalik ko’rib chiqmaslik.
Agarda qonu Qonunchilik palatasi deputatlarining uchdan ikki qismi tomonidan
oldingi tahrirda ma’qullansa, Senatga ma’qullash uchun yuboriladi. So’ngra Mas’ul
qo’mita O’zbekiton Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik
palatasi ma’qullagan avvalgi tahrirdagi qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas’ul
qo’mitaning xulosasi olingandan so’ng Senat qayta ko’rib chiqish to’g’risidagi
masalani belgilagandan so’ng, ushbu masala qonunda belgilangan tartibda
Senatning kun tartibiga kiritiladi. Shundan so’ng Senat qonunni qayta ko’rib
chiqish masalasi bo’yicha qonunni qabul qilish yoki rad etish to’g’risida qaror qabul
qiladi. Qonunni qabul qilish yoki rad etish masalasi bo’yicha ovozga qo’yiladi va
ushbu jarayon uchun senatorlarning uchdan ikki qismi ovoz berishi kerak bo’ladi.
Yetarlicha ovoz to’plangandan so’ng qonun Prezidentga imzolash uchun
3
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati reglamenti
yuborilishi
kerak.
Ushbu
yuqorida
keltirilgan
jarayon
O’zbekiston
Respublikasining Oliy Majlisi to’g’risidagi reglamentda qonunan belgilab
qo’yilgan.
Uchinchidan, Qonun oldingi tahrirda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati
aʼzolari umumiy sonining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan
maʼqullandi, yaʼni Prezident vetosi yengib oʻtildi. Biroq, davlat boshligʻi qayta ovoz
berish protsedurasi buzilganligini aytib qonunni imzolashni rad etdi. Ushbu holat
to’g’rimi?
Yuqorida aytib o’tilgani kabi agar qonun avvalgi tahrirda O`zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |