KIRISH
Optimallashtirish (lotincha optimus-eng yaxshi) deganda odatda ma‟lum
shartlarda eng yaxshi natijalarni oluvchi maqsadga yo‟naltirilgan faoliyat
tushiniladi. Optimallashtirish masalasining qo‟yilishi uning obekti, berilgan
masalani ifodalovchi bog‟liq bo‟lmagan parametrlari (o‟zgaruvchilar) to‟plami
hamda o‟zgaruvchilar qabul qiladigan qiymatlarni xarakterlovchi shartlarning
mavjudligini, bundan tashqari optimallashtirish masalasini sifatini xarakterlovchi
skalyar
“o‟lchov”-maqsad
funksiyasining
mavjudligini
nazarda
tutadi.
Optimallashtirish
masalasini
yechish-optimal
qiymatga
javob
beruvchi
o‟zgaruvchilarning qiymatlari to‟plamini qidirishdir. Maqsad funksiyasi-bu ko‟p
o‟zgaruvchili skalyar funksiya bo‟lib uning maksimumi yoki minimumi
qaralayotgan masala parametrlarining optimal sonini aniqlaydi. Faraz qilaylik x–
kiritiladigan parametrlarning massivi bo‟lib uning uzunligi N ga teng bo‟lsin u
holda maqsad funksiyasi F(x) yoki F(x1,x2,…xN) ko‟rinishda yoziladi. Maqsad
funksiyasining uning argumentlari qiymatlari to‟plamida minimumini yoki
maksimumini qidirish optimallashtirish masalasi deyiladi. Demak ko‟p o‟lchovli
fazoda shunday x nuqtani toppish kerakki minF(x), bu yerda x-vektor, shart
bajarilsin. Optimallashtirish masalasini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.
TM
x
y
Optimallashtirishni odatda biror bir konkret optimallashtirish metodini
amalga oshiradigan maxsus dastur bajaradi. Barcha metodlarda ko‟p o‟lchovli
fazoda ma‟lum qadamlarda bajariladi. Odatda optimallashtirish masalalari shartsiz
chiziqli bo‟lmagan, shartli chiziqli bo‟lmagan, va shartli chiziqli optimallashtirish
masalalariga bo‟linadi. Birinchi turdagi masalalar bir o‟lchovli va ko‟p o‟lchovli
bo‟lishi mumkin, ikkinchi turdagi masalalar faqat ko‟p o‟lchovli bo‟ladi, uchinchi
turdagi masalalar esa iqtisodiy va texnologik masalalar uchun xarakterlidir.
MM
optimallashtirish
Bularda maqsad funksiyasi parametrlarga chiziqli bog‟liq bo‟ladi. Bu masalalar
chiziqli dasturlash masalalari ham deyiladi. Ular uchun ishonchli va samarali
metod - simleks -metod va uni amalga oshiruvchi standart dasturlar mavjuddir.
Ushbu malakaviy ishda keyingi ikki turdagi masalalar qaraladi. Bu
masalalarning yechishning bir nechta metodlari tahlil qilinib ularni MathCAD
matematik paketi yordamida sonli yechish usullari ko‟rsatiladi.
MathCAD matematik paketi hisoblashlar va grafiklarni chizish uchun yetarli
darajada kuchli vositadir. Asosan bu paket juda ko‟p hajmdagi hisoblashlar va
matematik formulalar qatnashadigan sodda masalalar uchun qulaydir.
Ikkinchi tomondan, MathCADdan hisoblashlar natijalari yetarli darajada
ko‟rgazmalili hamda kompyuter haqidagi elementar darajadagi bilimni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: