bo‘lgan so‘zlar to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) ta..sir; 2) ma..vo; 3) ta..mirlamoq;
4) ta..minlamoq; 5) ta..ziya; 6) ta..til; 7) tole..
A) 2, 3, 4, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 2, 4, 6, 7
D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
8. Mana menman, u isyonning o‘lmas avlodi,
Mana menman, u qullarning hech so‘nmas yodi,
Mana menman, falaklarga lov-lov o‘t qo‘yib,
Otalarimning boshidan poydevor uyib,
Kelajagim obidasin qurgan insonman!
O‘sha jonman, o‘sha qonman va o‘sha shonman!
Berilgan parchada qo‘llangan olmoshlar haqidagi
to‘g‘ri fikrni belgilang.
A) 5 o‘rinda kishilik olmoshi, 6 o‘rinda ko‘rsatish
olmoshi qo‘llangan.
B) Kishilik olmoshlari kesim va ega vazifasida kelgan.
C) 3 o‘rinda kishilik olmoshi, 8 o‘rinda ko‘rsatish
olmoshi qo‘llangan.
D) Ko‘rsatish olmoshlari aniqlovchi va to‘ldiruvchi
vazifasida kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |