B) Bog‘imizning gavjum bo‘lishi bejiz emas edi.
C) Mirzacho‘lda ham cho‘lni bo‘stonga aylantirayotgan
odamlar juda ko‘p.
D) Har tong uyg‘onib men bilan birga ekaningni his
qilganimda ko‘zlarim quvnab ketadi.
18. Sifatlovchi sifatdosh bilan ifodalangan gapni aniqlang.
A) Hofiz Ko‘ykiy esa lablarini mahkam tishlagancha ko‘proq
o‘z yuragidagi vahmni yengish uchun unga tinimsiz tasalli
berardi.
B) Eski imlodagi bir risola diqqatini tortdi.
C) Karvondagi savdogarlarning vazmin, maroqli gurunglari
cho‘lning o‘lik manzarasiga bir qadar jonlanish bag‘ishladi.
D) Usta Binoqul shishib ketgan oyoqlarini sudrab bosgancha
zorlanib inqillardi.
Do'stlaringiz bilan baham: