Ona tili va adabiyot
1. Qaysi gapda tobe qismi ham, hokim qismi ham fonetik
hodisaga uchragan so‘z birikmasi qatnashgan?
A) Men shunaqa yig‘loqroqman, hamma biladi.
B) Sohib dilim, nega kunda yig‘layverasan?
C) Faqat o‘lsam yig‘lamayman, uyat bo‘ladi.
D) Men shu damlarni sira unutolmayman.
2. Sintaktik shakl yasovchi sifatida o‘zaro shakldosh
bo‘lgan qo‘shimchalar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Olma guli − gul emas, taqsam chakkamda turmas.
B) Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni
ko‘mib tashlaydi.
C) Obro‘li, izzattalab bo‘lishni istasang, ilm o‘rgan.
D) Dehqoni boyigan yurtning eli boydir.
Do'stlaringiz bilan baham: