21. “Zulmat ichra nur” (Mirkarim Osim) asarida
Alisherni kim “Ko‘zlari o‘tkir, peshonasi keng, odam
bo‘ladur bu bola!” − deydi?
A) G‘iyosiddin Kichkina Bahodir
B) Sharafiddin Ali Yazdiy
C) Mirsaid – Kobuliy
D) Muhammad Ali – G‘aribiy
22. Qaysi javobda “Ravshan” dostoni haqida to‘g‘ri
ma’lumot keltirilgan?
A) Doston birinchi marta Hodi Zarif tomonidan Ergash
Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.
B) Doston Hodi Zarif tomonidan Kichik Bo‘ron og‘zidan
yozib olingan.
C) Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan
Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.
D) Doston birinchi marta Mahmud Zaripov tomonidan
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li og‘zidan yozib olingan.
23. “Qabohatlarim shu qadar bеhisobki, ularni o‘ylab
ko‘rishga o‘y, amalga oshirishga fursat yetishmaydi.
Mеnga o‘xshagan bandalar yer-u osmon oralig‘ida
o‘ralashib, nima qilib yuribdi o‘zi?”
Do'stlaringiz bilan baham: |