7. Bosh gapi egasi noma’lum gap bo‘lgan
ergashgan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Odamning shunday do‘stlari bo‘ladiki, ularning
har biri bilan fe’liga qarab gaplashishga to‘g‘ri
keladi.
B) Odamlar siz bilan odatdagidek gaplashishni
xohlashmasa, aybni o‘zingizdan qidiring.
C) Har kishi el uchun topsa agar ranj,
Oqibat muyassar bo‘lar unga ganj.
D) Dushman oz deb g‘ofil bo‘lmaslik kerak, chunki
ko‘p o‘tinni ozgina o‘t kuydiradi.
8. Quyida keltirilgan gapdagi yasama otlar
sonini aniqlang.
Qayerda tinchlik hukm sursa, u joyda sotqinlik,
aldamchilik, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
9. Qaysi so‘zda keng unlilar bilan bog‘liq xato
mavjud emas?
A) notovon
B) novvotli
C) natarius
D) navvos
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
Do'stlaringiz bilan baham: |