11. Quyida berilgan parchadagi takroriy
sifatlar sonini aniqlang.
O‘z onamni elas-elas xotirlayman. Ko‘zlari tim
qora, chiroyli. Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi.
A) uchta B) ikkita C) bitta D) to‘rtta
12. Vositasiz to‘ldiruvchi vositali
to‘ldiruvchiga tobelanib kelgan gapni
aniqlang.
A) Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga
chiqib ketdi.
B) Sizni kutib olish uchun keldim.
C) Sizni xafa qilishga botinolmaydi.
D) Qiy-chuv bilan ularni yengib bo‘lmaydi.
13. Qаysi javobda keltirilgan vazifadosh
bоg‘lоvchilаrdаn kеyin vеrgul qo‘yilishi
mumkin?
A) -u(-yu), -dа, balki
B) -u(-yu), -dа, -ku, ya’ni
C) аmmо, lеkin, birоq, bаlki
D) -u(-yu), -dа
14. Quyida keltirilgan gapdagi tobe
bog‘lanishlar sonini aniqlang.
Ular Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini
tahlil qilishdi.
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |