Ona tili va adabiyot
1. Quyida keltirilgan olmoshlarning qaysi bir(lar)iga
qo‘shimcha qo‘shilganda tovush tushish va ortish hodisasi
kuzatiladi?
1) belgilash; 2) bo‘lishsizlik; 3) gumon; 4) kishilik;
5) ko‘rsatish
A) 4 B) 1, 5 C) 4, 5 D) 5
2. Yasalish asosi va yasalma bir so‘z turkumi doirasida
bo‘lgan yasama so‘zlar qatorini aniqlang.
1) oqarmoq, 2) tinchlik, 3) itoatkor, 4) g‘allakor,
5) notekis, 6) noo‘rin
A) 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 4, 5, 6
3. Sifatga oid so‘z hol vazifasini bajarmagan gapni toping.
A) Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog‘larda
ham havo ochilib ketdi.
B) Oyko‘l qishlog‘ida na ko‘l bor, na kattaroq ariq.
C) Oqlangan maktab binosi oydinda ko‘kishroq ko‘rinadi.
D) Kuy ta’sirida tog‘lar avvalgidan azizroq va ulug‘vorroq
ko‘rinib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: