O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 O’zbekistonda raqobatbardosh qimmatli qog’ozlar bozorini



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/101
Sana31.12.2021
Hajmi3,2 Mb.
#206674
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
Bog'liq
1829-Текст статьи-4007-1-10-20200627

14.3. O’zbekistonda raqobatbardosh qimmatli qog’ozlar bozorini 
rivojlantirish muammolari. 
Har  qanday  mamlakat  bozorining  raqobatbardosh-ligi  kontseptual 
jihatdan  umuman  olganda  ikkita  asosiy  va  majburiy  tarkibiy  qismdan 
tovarlar 
raqobatbardoshligi 
va 
kursatnladigan 
xizmatlar 
raqobatbardoshligidan iborat. “Zamonaviy raqobat kurashida so’z, birinchi 
navbatda,  resurslar,  moddiy  boyliklarga  egalik  to‘g‘risida  emas,  balki 
yangiliklarni joriy eta olish qobiliyati to‘g‘risida boradi”
52

Qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi  tovar  -  bu  qimmatli  qog’ozlardir. 
Ma’lumki,  har  qaiday  qimmatli  qog’ozning  raqobatbardoshligi  korxona  - 
emitentning  raqobatbardoshligi  bilan,  uning  tovar,  pul  va  boshqa 
bozorlarda,  jumladan,  chet  el  bozorlarida  raqobat  qila  olishi  qobiliyati 
bilan  o’zviy  bog’liqlikda  qaralishi  kerak.  Boshqacha  aytganda,  bu  yerda 
gap  muomalaga  chiqarilayotgan  qimmatli  qog’ozlarning  sifati  haqida 
ketyapti. Bu fond bozori raqobatbardoshligining, aytaylik, ichki tomonidir. 
Qimmatli 
qog’ozlar 
bozorida 
kursatilayotgan 
xizmatlar 
raqobatbardoshligiga kelsak, bunda biz fond bozorining milliy professional 
ishtirokchilarining qimmatli qog’ozlar bozorida narxi, sifati va muddatlari 
bo’yicha  jahon  andozalariga  mos  xizmat  kursatishini,  bozorning  xam 
ichki,  ham  tashqi  ishtirokchilarini  qoniqtirishini  tushunamiz.  Bu  -  fond 
bozori raqobatbardoshligiiing tashqi tomonidir. 
Respublikamiz  qimmatli  qotozlar  bozoridagi  tovarking  sifati  haqida 
quyidagilarni  aytish  mumkin.  Ma’lumki,  bunday  tovarlar  aktsiyalar, 
obligatsiyalar,  depozitli  sertifikatlar  va  g’azna  majburiyatlaridir.  Agar  o’z 
vaqtida  (1996-1999  yillar)  davlatning  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  ichki 
investorlar uchun fond bozorining juda ommabop va katta foyda beruvchi 
vositasi  bo’lgan  bo’lsa,  hozirgi  vaqtda  ular  o’zining  jozibadorligini 
yo’qotgan,  chunki  ushbu  qimmatli  qog’ozlarning  daromadligi  ancha 
pasayib  ketgan.  Bunga  yana  inflyatsiyaning  ta’sirini  qo’shadigan  bo’lsak, 
xo’jalik  sub’ektlari  bunday  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olishdan  foyda 
ko’rmaydi.  Shuning  uchun  ularni  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi 
                                                 
52
 O‘zbekiston: jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, innovatsion taraqqiyot va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini 
oshirish /O‘zR FA Iqtisodiyot instituti; A.F.Rasulevning tahriri ostida, - T.: KONSAUDITINFORM-NASHR, 2011. 6-
b. 


207 
 
raqobatbardosh tovar sifatida qabul qilish to’g’ri bo’lmaydi. 
Umuman  olganda  esa,  mamlakatimizdagi  davlat  qimmatli  qog’ozlar 
bozorini  muvaffaqiyatli  rivojlantirish  uchun  yuqorida  tilga  olingan 
bazaning mavjudligiga qaramay, uni raqobatbardosh deb atab bo’lmaydi. 
O’zbekiston  fond  bozorining  muayyan  raqobatbardoshlikka  da’vo 
qiluvchi muxim va istiqbolli bo’g’inlari, fikrimizcha, korxonalar aktsyaya 
va  obligatsiyalari  bozori  (korporativ  qimmatli  qog’ozlar  bozori  deb  ham 
ataladi) va depozitli sertifikatlarning birlamchi bozoridir. 
Mahalliy  qimmatli  qog’ozlar  bozorining  raqobatbardoshligini  oshirish 
muammosi nuqtai nazaridan ularning likvidligini, birinchi galda, aktsiyalar 
likvidligini  oshirish  muhim  ahamiyatga  ega.  Qimmatli  qog’ozlarning 
likvidligi  bozorning  barcha  ishtirokchilari  faolligini  belgilasa,  uning  o’zi 
emitentlarning  moliyaviy  ahvoliga  bevosita  bog’liq.  Aktsiyador  jamiyat 
faoliyati qanchalik yaxshi, barqaror bo’lsa, uning aktsiyalari likvidligi ham 
shunchalik  yuqori  bo’ladi  va  ular  fond  birjasida  va  birjadan  tashqari 
bozorlarda shunchalik tez sotiladi, aktsiyalarning ra-qobatbardoshligi ham 
shunchalik yuqori bo’ladi. 
Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  mahalliy  aktsiyadorlik  jamiyatlarining 
aksariyati  davlat  korxonalarini  xususiylashtirish  yo’li  bilan  tashqil 
qilingan.  Korxonani  xususiylashtirish  jarayoni  korxona  mulki  qiymatini 
baholash,  ta’sis  hujjatlariny  tayyorlash,  aktsiyalar  emissiyasi  (blanklar 
uchun  pul  to’lash  yoki  depozitariy  xizmatlari  uchun    hisob-kitob  qilish), 
kon-salting  xizmatlarga  bog’liq  bo’lgan  muayyan  qo’shimcha  xarajatlarni 
taqozo  qiladi.  Korxona  xususiylashtirilgandan  so’ng  nodavlat  tuzilmaga 
aylanib,  ilgarigi  imtiyozlardan  foydalanmaydi  va  xo’jalik  yuri-tishning 
bozor  tamoyillari  bo’yicha  ishlaydi.  Boshida  mulkchilikning  xususiy 
shakliga  ega  bo’lgan  yangi  xo’jalik  sub’ekti  bankdan  kredit  olishda,  o’z 
mahsulotini  sotishda  xom  ashyo,  butlovchilarni  zarur  rentabellikni 
ta’minlaydigan narxlarda sotib olishda qiyinchiliklarga uchraydi. 
Mana 
shu 
ob’ektiv  sabablar  tufayli,  shuningdek,  ijroiya 
tashqilotlarning 
savodsiz 
xatti-harakatlari 
oqibatida 
aktsiyador 
jamiyatlarda  katta  kreditorlik  qarzi,  soliqlar  bo’yicha  qarzdorlik, 
byudjetdan  tashqari  fondlarga  badallar  va  boshqa  to’lovlar  bo’yicha 
qarzdorlik  paydo  bo’ladi,  rivojlanish  uchun  aylanma  mablag’lar 


208 
 
bo’lmaydi.  Ayrim  korxonalarda  soliqlar  bo’yicha  qarzlar  ustav  fondi 
qiymatidan  ham  oshib  kyotadi.  "Eski"  qarzlar  rentabelli  moliyaviy  jadval 
ishlab chiqishga yo’l qo’ymaydi. 
Bizning  fikrimizcha,  iqtisodiy  rivojlanishning  Mazkur  bosqichida 
mahalliy  korxonalar  o’z  dividend  siyosatini  tubdan  o’zgartirib,  foydaning 
yealmoqli qismini iste’molga emas, balki rivojlanishga yo’naltirishi kerak, 
aks holda foydani bunday samarasiz ishlatish alohida korxonalarning-ham, 
umuman  mamlakatning  ham  iqtisodiy  o’sish  sur’atlarining  pasayishiga, 
davlatning  rivojlanishi  makroiqtisodiy  kursatkichlarining  yomonlashuviga 
olib keladi. 
Mahalliy  qimmatli  qog’ozlar  bozorining  raqobatbardoshligini 
oshirishda  fond  bozorining  mahalliy  va  xorijiy  ishtirokchilariga, 
investorlar  va  emitentlarga  kursatilayotgan  servis  xizmatlarini  to’g’ri 
muvofiqlashtirish muxim ahamiyatta ega. 
Bu  yerda  biz  mijoz  hisobkga  va  uning  topshirig’i  bilan  qimmatli 
qog’ozlarni  sotib  olish  va  sotish  bo’yicha  xizmatlar  kursatishni,  ular 
reestrini yuritishni, depozitar va kliring xizmat kursatishni, in-vestitsiyaviy 
maslaxat berishni va hokazolarni nazarda tutamiz. 
So’nggi  yillarda  me’yorlar  va  qoidalarni  yaratish  nuqtai  nazaridan 
amalga  oshirilgan  chora-tadbirlar  to’g’ri  va  o’z  vaqtida  bo’lgani 
shubhasizdir.  Ammo  savol  tug’iladi:  bo’larning  barchasi  hozir  bizda 
mavjud  bozorning  katta  bo’lmagan  hajmiga  mos  keladimi?  Iqtisodiyotni 
"erkinlashtirish" tomon tanlangan yo’l bozorning "boshqarilishi"ni bartaraf 
etishi kerak. Bu qimmatli qog’ozlar bozorida alohida professional faoliyat 
turlarini  birga  olib  borish  uchun  belgilangan  cheklovlarni  yo’qotishga 
hamda  alohida  investitsiyaviy  institutlar  uchun    belgilangan  iqtisodiy 
me’yorlarni  erkinlashtirish,  ba’zi  hollarda    esa  butunlay  bekor  qilishga 
ham  taalluqli.  Investitsiya  institutlariga  kelsak,  ular  hali  yaxshi 
asoslanmagan  va  Mazkur  faoliyat  turi  bilan  professional  darajada 
shug’ullanmoqchi  bo’lgan  yangi  ish-tirokchilarning  fond  bozoriga  kirib 
kelishini ancha jilovlaydi. 
Mamlakatimizda 
qimmatli 
qog’ozlar 
bozorining 
aksariyat 
professional  ishtirokchilarida  ob’ektiv  sabablarga  ko’ra  hozircha  ish  haqi 
miqdori  katta  emas.  Shuning  uchun  investitsiya  institutlari  uchun  shaxsiy 


209 
 
kapitalga ega bo’lish talabi amalda investorlarni real himoya qila olmaydi. 
Buning 
ustiga, 
sud 
investitsiya 
institutiga 
investor 
foydasiga 
kompensatsiya  to’lovini  belgilab,  u  shaxsiy  mablag’lari  bo’lmaganligi 
uchun sud qarorini bajarmaganligi xususida birorta ham dalil yo’q. 
Bunday iqtisodiy me’yorlar bozorda investorlarni jalb qilish bo’yicha 
eng  og’ir  ishlarni  bajarayotgan  vositachi  institutsional  infratuzilmaning 
normal rivojlanishiga va oyoqqa turishiga yo’l qo’ymaydi. Asoslanmagan 
yuqori  iqtisodiy  me’yorlar  mintaqalarda  fond bozorlari  infratuzilmasining 
yetarlicha rivojlanmaganligi sabablaridan biridir. 
Tadqiqotlarimiz  investitsiyaviy  institutlar  sonining  qisqarishiga  ular 
o’rtasidagi  sog’lom  raqobat  sababchi  emasligini  kursatdi.  Buning 
sabablari,  asosan,  davlat  boshqaruv  idoralari  tomoiidan  baland  litsenziya 
talablari qo’yilishi, asoslanmagan iqtisodiy me’yorlar va zarar ko’rmasdan 
faoliyat  yuritish  imko-nini  bermaydigan  yangi  kiritilgan  qonunchilik 
me’yorlaridir. 
Raqobatbardoshlik 
to’g’risidagi  masala  doirasida  qimmatli 
qog’ozlarning birjadan tashqari bozori muammosi alohida dolzarblik kasb 
etadi,  chunki  uning  tashqil  bo’lishi  ko’p  jihatdan  fond  birjalarida  ko-
tirovka  qilinmaydigan  kichik  aktsiyalar  paketiga  ega  bo’lgan  aholining, 
minoritar  aktsiyadorlarning,  korxonalarning  qimmatli  qog’ozlar  bozoriga 
munosabati  shakllanadi.  Shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  sifat  o’lchovlari 
bo’yicha  minoritar  aktsiyadorlar  mamlakatimizdagi  qimmatli  qog’ozlar 
bozori ishtirokchilarining aksariyatini tashqil qiladi. 

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish