84
kontseptsiyasiga asoslanadi.
1
Bu tanqiddan siyosiy iqtisodda yangi
yo’nalish iaydo bo’ldi va "neoklassik" nomini oldi. Uning eng "hosildor"
vaqillari - M.Fridmen ("Kapitalizm i svoboda", (1962), "Svoboda
vmbora", 1979) va boshqalar. J.Mut, R.Lukas, T.Sarjent va N.Uolles
yagona mikroiqtisodiy asosni makroiqtisodiy muammolar taxliliga
keltirishga, ya’ni "sintez" nazariyasini yaratishga xarakat qildilar. Mazkur
nazariyaning markaziy bo’g’ini axborotdan oqilona foydalanish hisobiga
o’zgarib turuvchi bozor sharoitlariga tez moslasha oladigan bozor
agentlaridir. Buni bugun tadbirkorlik deb ham ataydilar. Agar xar bir
tadbirkor bozorning o’zgarishiga moslasha olsa, u xolda mikrodarajada
davlat tomonidan boshqarilshn zarurati keskin yo’qoladi va shu tariqa
tanlash erkinligi ta’minlanadi. Mazkur nazariyaning zaif tomoni shundan
iboratki, u bozor agentlari qobiliyatlarining va ratsional axborotdan
foydalanish imkoniyatlarining bir xil emasligini xisobga olmaydi.
Shu munosabat bilan institutsional-sotsiologik yo’nalish paydo
bo’lib, mustaqil yo’nalish sifatida jadal rivojlanmoqda. J.R.Kommons,
U.K.Mitchell, J.K.Gelbreyt ishlarida "institutlar" tushunchasiga
korporatsiyalar, kasaba uyushmalari, davlat va shuningdek iqtisodiy
nazariya va uning predmeti chegaralarini keskin oshiruvchi psixologik,
huquqiy, axloqiy, texnik va boshqa hodisalar xam kiritilgan. Bu yo’nalish
XX asr oxirida "postindustrial", "informatsion", "servis" jamiyat
nazariyalari ta’sirida, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning konvergentsiyasi
asosida ommaviylashdi.
Institutsionalistlarning fikricha, tadqiqotning bosh ob’ekti har
tomonlama kamol topgan shaxs bo’lishi kerak.
Uni tushunish, jamiyat rivojlanishi tendentsiyasini baholash faqat
keng ilm-fan bo’yicha taxlil asosida amalga oshirilishi mumkin, bunday
taxlil (iqtisodiyotdan tashqari) ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, huquq,
siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlarni o’z ichiga olishi lozim.
XX asrning ikkinchi yarmidan milliy boylik kapitalning h.am
moddiy, ham moddiy bo’lmagan shakli tomonidan yaratiladi, degan fikrga
iqtisodiy fanda deyarli hech kim qarshi chiqmagan, shu bilan "insoniy
1
Маршалл А. Принципн экономической науки. - М.:
Прогресс, 1993, Т. 2. С. 310.
85
kapital" rasmiy mavqega ega bo’ldi. AQShda milliy boylikning
kengaytirilgan talqini qaror topa boshladi va u T.Shults - "insoniy kapital"
va "insonga investitsiya kiritish" nazariyasi bo’yicha ishlar mual-lifi nomi
bilan bog’liq edi.
XX asrning 60-yillari o’rtasida G.Bekker inson xulq-atvorig iqtisodiy
yondashgan holda "insoniy kapital" nazariyasi apparatini yaratdi. Iqtisodiy
yondashuv deganda individlarning oqilona, eng maqbo’l xatti-harakati
tamoyili nazarda tutiladi. Bunday yondashuv negizida oqilona umidlar
gipotezasi yotadi, unga ko’ra inson qarorlar qabul qilishda iqtisodiy
maqsadga muvofiqlik tamoyilidan kelib chiqadi, ya’ni eng ko’p foyda, naf
keltiradigan qarorlarni qabul qiladi. G.Bekkerga asosan, "insoniy kapital" -
bu tug’ma qobiliyatlar va orttirilgan bilimlar, ko’nikmalar va asoslar
yig’indisi bo’lib, ulardan maqsadli foydalanish daromadning oshishiga olib
keladi (individ, kor-xona yoki jamiyat darajasida).
Do'stlaringiz bilan baham: