To‘qimalar.Tuzilishi, kelib chikishi va funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar
to‘plami to‘qima deb ataladi. Organizmdagi xamma to‘qimalar 4 ta gruppaga: epiteliy
(qoplovchi), biriktiruvchi (tayanch- trofik), muskul (mushak) va nerv to‘qimalariga bo‘linadi.
Epiteliy to‘qimasi.Epiteliy to‘qimasi bir qavatli va ko‘p qavatli bo‘ladi. Bir qavatli
epiteliy to‘qimasi bir qavatdan tuzilgan yupqa plastinka shaklidagi hujayralardan tashkil topgan.
Bir qavatli epiteliy to‘qimasi hujayralari shakliga qarab yassi, kubsimon va silindrsimon
epiteliyga bo‘linadi, epiteliy to‘qimalari funksiyasiga ko‘ra tebranuvchi (kiprikli), bezli, teri va
ichak epiteliylariga bo‘linadi.
Ko‘p qavatli epiteliy to‘qimasida xujayralar bir necha qavat joylashgan bo‘lib, hujayralari
xar xil shakldadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |