5-kazus
Fuqaro K.Ismailov Toshkent shahar markazlashgan FHDY arxivi
mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb topish va nikohni qayd
etish haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish majburiyatini yuklash
haqidagi shikoyat ariza bilan sudga murojaat qilgan.
Arizachi K.Ismailov shikoyatiga ko‘ra, ota-onasining arxivda saqlanayotgan
1940 yil 04 iyulda №359 son bilan qayd etilgan nikoh dalolatnoma yozuvida er
ustunida ismini “Ismagilov Axmat”, xotini ustunida familiyasini “Ivadova” deb
noto‘g‘ri qayd qilinganligini bilganligini, bu borada Toshkent shahar FHDY
arxiviga ota-onasining nikoh tuzilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish
kiritishni so‘rab qilgan murojaatiga rad javobini olganligini va bu xolat uning
merosga bo‘lgan huquq guvohnomasini olishda turli muammolarga sabab
bo‘layotganligi ma'lum qilib, shu sababli ota-onasining nikohni qayd etish haqidagi
dalolatnoma yozuviga er ustunida ismini “Ismagilov Axmat”dan “Ismailov
Axmed”ga, xotini ustunida familiyasini “Ivadova”dan “Ibadova”ga o‘zgartirish va
tuzatish kiritish majburiyatini yuklashni so‘ragan.
Biroq, sud Toshkent shahar Yunusobod tumani FHDY bo‘limi mansabdor
shaxslarining harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga zid emasligi ma'lum qilib,
K.Ismailovning muroajjatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori
qabul qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘zbekiston Respublikasi MSIYUTK
tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni
asoslang.
Ushbu kazusga yechim berish uchun quydagi masalalarga oydinlik kiritib
olishimiz lozim:
1. Fuqaro Ismailovning qilgan murojati asoslimi
2.
FHDY organining fuqaro Ismailov murojatini rad qilishi huquqiy
jihatdan asosga egami
3.
Ma’muriy suga ariza kiritsh tartibi
4. Ma’muriy sudning qabul qilgan hal qiluv qarori to‘g‘rimi
5. Kazusning muqobil yechimi
Kazusga huquqiy baho berish uchun quyidagi Normativ huquqiy
hujjatlardan foydalanamiz: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini
yuritish to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi
adliya vazirining Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘i, Oliy Sud
plenumining Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi
to‘g‘risidagi qarori, “Mam’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining
qarorlar, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni
ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi” Oliy Sud plenum qarori.
1.
Kazusga ko‘ra fuqaro Ismailov meros guvohnomasi olishda
muammoga duch kelganligi sababli ota-onasining 1940-yilda tuzilgan nikoh
guvohnomasiga o‘zgartirish kiritishni so‘ragan. FHDY organi esa ushbu murojatga
rad javobini bergan, fuqaro Ismoilov esa FHDY organining harakati ustidan sudga
ariza kiritgan, sud esa arizani qanoatlantirishni rad etgan. Amaldagi Fuqarolik
kodeksining 1146-moddasiga ko‘ra meros guvohnomasi meros ishi ochilgandan olti
oy o‘tgach notarius tomonidan beriladi. Fuqarolik kodeksining 1116-moddasida esa
meros fuqaro vafot etgandan yoki sud tomonidan vafot etgan deb topilgandan so‘ng
ochilishi aytib o‘tilgan. Demak, fuqaro Ismailov vafot etgan ota-onasining nikoh
guvohnomasiga o‘zgartirish kiritishni so‘rab FHDY organiga murojat qilgan.
2.
FHDY organi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining Fuqarolik
holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi buyrug‘ining VII-bob 126-bandini asos qilib fuqaro
murojatiga rad javobini bergan. Ushbu buyruqda vafot etgan shaxslarning
tug‘ilganlik, vafot etganlik nikoh tuzganlik va nikohdan ajrashganlik haqidagi
dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish sud qaroriga asosan
FHDY organlari tomonidan kiritilishi yozilgan. Demak, FHDY organining fuqaro
Ismoilov murojatiga rad javob berishi huquqiy asosga ega.
Kazusga ko‘ra fuqaro Ismoilov FHDY organining ustidan shikoyat qilib
ma’muriy sudga murojat qilgan va ma’muriy sud fuqaro arizasini qanoatlantirishni
rad etib hal qiluv qarori qabul qilgan.
3. Ariza ma’muriy sudning ish yurituviga qabul qilinishi uchun Ma’muriy
sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 128,129,130-moddalari asosida
yozilgan bo‘lishi yani, ariza arizaning shakl va mazmuniga qo‘yilgan talablarga,
ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarning ko‘chirma nusxasini yuborish
talablariga va arizaga ilova qilinadigan hujjatlarga qo‘yilgan talablarga amal
qilingan holda yozilgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari ariza quyidagi ma’muriy
sudga ta’luqlilik qoidalariga ham amal qilingan holda yozilgan bo‘lishi ham lozim.
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 4-moddasiga ko‘ra
fuqarolar buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlarini himoya qilish uchun ma’muriy
sudga murojat qilish huquqiga egaligi aytib o‘tilgan. “Mam’muriy organlar va
ularning mansabdor shaxslarining qarorlar, harakatlari (harakatsizligi) ustidan
shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi”
Oliy Sud plenum qarorining 2-bandida Ma’muriy organlar deganda, davlat
boshqaruvi organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar,
markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati
organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ma’muriy-
boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan
komissiyalar tushunilishi aytib o‘tilgan. Bundan kelib chiqadiki FHDY organi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining organi yani, ma’muriy organ
hisoblanadi. Bundan tashqari: “Notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari
(harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga ta’luqli
hisoblanadi.”
1
Demak, ushbu kazusda aytilgan ariza ma’muriy sudga taluqli va
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 132-moddasiga ko‘ra
ma’muriy sud ish yurituviga qabul qilinib, ish qo‘zg‘atilgan.
4.
Kazusdagi keying masala Ma’muriy sudning fuqaro Ismoilov arizasini
qanoatlantirishni
rad
etganligi.
“Sud ma’muriy ishlarni O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi”
2
. Bundan
tashqari, kazus yechimining ikkinchi qismida FHDY organi rad qilishga Adliya
1
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi 4-bandi
https://lex.uz/docs/-3527353#-3528896
2
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 15-moddasi
https://lex.uz/docs/-
3527353#-3528617
vazirining 2547-sonli buyrug‘ini asos qilib olganligi aytib o‘tildi. Demak, FHDY
organi mansabdor shaxsining harakatlari g‘ayriqonuniy emas. Ma’muriy sudning
ushbu harakati ya’ni, g‘ayriqonuniy bo‘lmagan harakat ustidan berilgan arizani
qanoatlantirishni rad etishi huquqiy asosga ega.
5.
Shu va shunga o‘xshash vaziyatga tushmaslik uchun fuqaro Ismoilov
quyidagi ikki harakatdan birini bajarganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi:
-
Amaldagi Fuqarolik kodeksining 1146-moddasida merosga bo‘lgan
huquq to‘g‘risidagi guvohnoma notariuslar tomonidan berilishi aytib o‘tilgan.
Ushbu guvohnomani olishda muammo yuzaga kelganida O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 27-moddasi 4-bandiga
ko‘ra yoki, Oliy Sud Plenumining Sudlar tomonidan meros huquqiga oid
qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qarorining 18-bandiga ko‘ra notarius
harakati ustidan Ma’muriy sudlarga murojat qilishi mumkin edi. Sudlar esa vaziyatni
to‘liq har tomonlama o‘rganib, lozim bo‘lsa notarius harakatlarini g‘ayriqonuniy deb
topishi mumkin edi.
-
FHDY organi murojatni rad etgandan so‘ng fuqaro Ismoilov fuqarolik
sudlariga yuridik faktlarni aniqlash bo‘yicha ariza bilan murojat qiladi. Amaldagi
Fuqarolik protsessual kodeksining 293, 295-moddalariga ko‘ra ushbu ishlar
fuqarolik sudlari tomonidan alohida tartibda ko‘rib chiqiladi. Ya’ni, “Sud
fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga,
o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi.”
3
Sud qaroriga
asosan FHDY organi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining Fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani
tasdiqlash haqidagi buyrug‘ining VII-bob 126-bandiga ko‘ra dalolatnomadagi
yozuvni o‘zgartiradi.
Xulosa o‘rnida: FHDY organi mansabdor shaxsining harakatlari qonuniy,
Fuqaro Ismoilov o‘z huquqlaridan foydalangan holda ma’muriy sudga murojat
qilgan, ma’muriy sudning arizani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi hal qiluv
qarori huquqiy asosga ega.
3
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual kodeksi 295-moddasi
https://lex.uz/docs/-3517337#-3524406
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi
kodeksi
2.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik protsessual kodeksi
3.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining Fuqarolik holati
dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani
tasdiqlash haqidagi buyrug‘i
4.
Oliy Sud plenumining Sudlar tomonidan meros huquqiga oid
qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qarori
5.
“Mam’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslarining qarorlar,
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqish bo‘yicha sud amalyoti haqidagi” Oliy Sud plenum qarori
Do'stlaringiz bilan baham: |