KOMIL INSON
Komil inson barcha insonlarning ishonchli kishisi. U qanoatkor va oz
yemak bilan to‘yadi. Komil kishi g‘oyat sof va jozibali bir ko‘zgu kabi
bo‘lishi kerakki, shoyad unga qaragan odam o‘z aybu qusurlarini ko‘rib,
o‘zlari tuzatsinlar. U barcha bilan ulfatdir. Jafolarga sabr etadi, kechiradi, u
sodda va aldanuvchan, aldanganini bilsa ham bilmagandek bo‘ladi,
hamishi yaxshilik ustidadir. Haqiqiy inson birovga og‘irligi tushmaydigan
kishidir, Alloh taolo uchun yaqin farishtalardan ham afzaldir, yumshoq,
muloyim, soddadir. Hatto soddaligi tufayli uni ahmoq deb hisoblaydilar.
Do‘stini o‘zidan afzal ko‘radi. Dunyoda boshiga kelgan illatlar tufayli
faryodu fig‘on chekmaydi (89 ta so’z).
Do'stlaringiz bilan baham: |