D. O‘rinbayeva m. Rahimova


KO‘P MILLATLI ULKAN SHAHAR



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/172
Sana31.12.2021
Hajmi0,89 Mb.
#202760
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172
Bog'liq
Urinboyeva-D.-Rahimova-M.-Diktantlar-toplami

KO‘P MILLATLI ULKAN SHAHAR 
Toshkent shahri qadimda “Choch”, “Shosh” nomlari bilan atalgan. XI 
asrdan Toshkent deb yuritila boshlagan. Toshkent geografik jihatdan qulay 
yerda  joylashgan,  iqlim  sharoiti  ham  mo‘tadil  bo‘lganligi  uchun 
dehqonchilik  va  chorvachilik  rivojlangan.  Qadimgi  Toshkentning  atrofi 
baland va qalin devorli qo‘rg‘on bilan o‘ralgan edi. Shaharning bo‘yi ham, 
eni  ham  6-7  kilometr  uzunlikka  teng  bo‘lgan.  Yozma  manbalar  va 
arxeologik tadqiqotlar shaharning yoshi 2000 yildan ortiqligini tasdiqlaydi. 
Shahar  devoridan  tashqarida  eng  sersuv  yerlar  o‘zlashtirilib,  obod 
etilgan.  Toshkent  o‘zaro  urushlar,  qo‘zg‘olonlar,  ko‘chmanchi  qabilalar 
hujumlari natijasida bir necha marta vayron qilindi va qayta tiklandi. XIII 
asrgacha Toshkent qal’a, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lib, atrofi bir 
necha qator mudofaa devori bilan o‘rab olindi. Shaharda kulolchilik,  o‘q-
yoy, gazlama, charm mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlanadi. XVIII-XIX 
asrlarga kelib, shahar yanada kengaydi va hududi 15 ming gektarga yetdi. 
Shahar to‘rt daha va yuzlab mahallalarga bo‘lingan. Shaharga 12 darvoza 
orqali kirilgan. 
Toshkent 1930-yildan O‘zbekistonning poytaxti deb e’lon qilindi. Shu 
yillar  ichida  Toshkentning  qiyofasi  tubdan  o‘zgardi.  Tor,  qing‘ir-qiyshiq 
ko‘chalar o‘rniga keng va elektrlashtirilgan yorug‘ xiyobonlar barpo etildi, 
ko‘p  qavatli  binolar  qurildi.  1977-yili  O‘rta  Osiyoda  yagona  bo‘lgan 
Toshkent metrosi ishga tushdi. 1985-yili bo‘yi 375 metrli ulkan teleminora 
qurildi.  Yirik  ilmiy  va  ma’rifat  markazi  hisoblangan  poytaxtimizda 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, o‘nlab ilmiy tekshirish institutlari, 30 ga 
yaqin  oliy  o‘quv  yurtlari,  20  ga  yaqin  muzey,  700  ga  yaqin  kutubxona, 
o‘ndan ortiq teatr, o‘nlab madaniyat saroylari, yuzlab kinoteatrlar mavjud. 
Toshkent  ko‘p  millatli  ulkan  shahar  bo‘lib,  hozir  unda  3  millionga 
yaqin  aholi  yashaydi.  Uning  chiroyi  kundan-kunga  ortib  boryapti  (210  ta 
so’z). 
 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish