TIL KASALLIKLARI
Glasit — til shilliq pardasining yallig‘lanishi. Ko‘pgina og‘iz
bo‘shlig‘i shilliq qavat kasalliklarida tilda ham o ‘zgarish kuzatiladi.
Faqat tilning o ‘zida o ‘zgarish yuzaga keltiradigan kasalliklar
deskvomativ glasit, rombsimon glasit, qora til, burmali til.
Deskvomativ glasit
Tilning o ‘z shilliq qobiq qavatidagi distrofik yallig‘lanish
kasalligidir. Kasallik epitelial shoxlanish buzilishi va til
so‘rg‘ichlarining distrofik o ‘zgarishi bilan kechadi. Kasallik
subyektiv o ‘zgarishlarsiz kechadi. Ayrim hollarda bem orlar
tilidagi siqilish achishishidan shikoyat qiladi.
Bemorlaming og‘iz b o ‘shlig‘i sanatsiya qilinib, antiseptik
eritmalar bilan chayiladi va keratoplastik vositalar qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |