Pulpitlami davolash jarayonida vujudga kelishi mumkin
bo‘lgan asoratlar va ularni bartaraf etish
1. Davolashning biologik usulini qollaganda obyektiv va
subyektiv sabablami to la va aniq liisobga olmaslik natijasida
yalliglanishga qarslii dori-darm onlar noto‘g‘ri tanlanganda,
ovqat chaynayotgan mahalda yoki kechqurun tishda og‘riq
paydo bolishi mumkin. Bunda shakllanmagan ildizli tishlami
qayta og‘riqsizlantirib, amputatsiya usulini, katta oziq sut
tishlarida jonsizlantirish y o ‘li bilan am putatsiya usulini,
shakllangan ildizli tishlarda to liq eksterpatsiya usulini qollash
maqsadga muvofiqdir.
2. D avolashning o g ‘riqsizlan tirish (am putatsiya yoki
ekstirpatsiya) usullari qollanilganda tishda kuchli og‘riq paydo
bolishi mumkin. Bunga og‘riqsizlantirish texnikasining buzilishi
yoki tanlangan og‘riqsizlantiruvchi vositaning kuchsizligi sabab
boladi. Bunday hollarda qo‘shimcha ravishda to ‘g‘ridan-to‘g‘ri
pulpa to ‘qimasiga BI-8 uskunasi yordamida bosim ostida anestetik
purkash yaxshi natija beradi.
3. D avolashning jo n sizlan tirish (divitalizatsiya) usuli
qo‘llanilganda tishda og‘riq paydo boladi. Bunga arsenat kislotasi
ustidan og‘riqsizlantiruvchi vositaga h o lla n g a n tam p o n
qo‘yilmasligi yoki arsenat kislotasi ustiga qo‘yilgan vaqtinchalik
plombaning pulpa to ‘qimasiga kuchli bosim ko‘rsatishi sabab
boladi. Bunda og‘riq kuchayadi va bolaning ota-onasi uni
yana shifokor huzuriga qayta olib kelishga majbur boladi. Bu
holda vaqtinchalik plomba olib tashlanadi, yangidan arsenat
kislota qo‘yilib, ustidan og‘riqsizlantiruvchi vosita shimdirilgan
g‘ovak paxta tam pon qo‘yiladi, ohistalik bilan suvli dentin
pastadan tayyorlangan vaqtincha plomba bilan kovak berkitiladi.
Agar jonsizlantiruvchi vosita qo‘yilgandan keyin 1—3 kun
o lib tishda ovqat chaynash paytida og‘riq sezilsa, bunga arsenat
kislotasining ortiqcha miqdorda qo‘yilganligi yoki bo lm asa
ko‘rsatilgan muddatdan uzoqroq vaqt mobaynida tish kovagida
ushlanib turilganligi sabab b o la d i. Bu noxush vaziyatni
bartaraf etish uchun shakllangan ildizli tishlarda ekstirpatsiya,
shakllanm agan tishlarda chuqur am putatsiya usullaridan
foydalanib, tish pulpasi to liq yoki qisman olib tashlanadi.
Ildiz kanalining kirish qismiga unitol yoki qalampirmunchoq
54
moyiga shim dirilgan paxta tam pon q o ‘yilib, tish kovagi
vaqtinchalik plomba yordamida 4—6 kuncha berkitiladi. Shu
vaqt mobaynida tishdagi og‘riq pasayib, to ‘xtaydi va davo
tadbiri oxiriga yetkaziladi.
Ba’zan arsenat kislotasi ta ’sirida to ‘liq jonsizlantirilmagan
p u lp a am p u tatsiyasid an keyin m u m iy o lash tirish u ch u n
qo‘yilgan rezorsin, formalin suyuqligi ta ’sirida ham kuchli
og‘riq paydo b o ‘lishi mum k in . U ni bartaraf etish uchun
vaqtinchalik plomba olinib, kanalning kirish qismiga qo‘yilgan
fenol yoki boshqa bir kimyoviy eritmaga h o ‘llangan tampon
vositasida ildiz pulpasi kuydiriladi (koagulyatsiya). So‘ngra
kuydiruvchi vosita olib tashlanib, o ‘miga yana rezorsin formalinli
tampon qo‘yilib, kovak 2—3 kunga berkitiladi. Yallig‘langan
tish pulpasini butunlay olib tashlash (ekstirpatsiya) usuli
qo‘llanilayotgan paytda tish kanalidan qon tomirlar uzilishi
natijasida kuchli qon oqishi mum kin. Bunday hollarda kanalga
2—3 pulpa ekstraktor birga kiritilib, ildiz pulpasi to ‘liq olib
tashlanadi va kanalda adrenalin suyuqligi shimdirilgan paxta
turunda 1—2 kuncha qoldirilib, kovak vaqtinchalik plomba bilan
berkitiladi. Ana shu m uddat o ‘tgandan keyin qon oqishi
to ‘xtaydi va davolash oxiriga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: