Elektroodontometriya
E lektroodontom etriya usuli tish pulpasi va parod o n t
to‘qimasining elektr tokiga qilgan javob reaksiyasiga asoslangan.
Bu tekshiruv usuli maxsus apparatlar (EOM-REOM-3, UVN-
1) yordamida amalga oshiriladi. Turli kasalliklarda pulpaning
sezuvchanligi turlicha bo‘ladi. Masalan, sog‘lom tishda 2—6 mkA,
chuqur kariyesda 20—40 mkA, faqat toj qismidagi pulpaning
yallig‘lanishi bilan kechayotgan pulpitda 60 mkA. Agar pulpaning
sezuvchanligi 100 mkA ortsa toj hamda ildiz qismidagi pulpaning
nobud bo‘lganligini bildiradi. Elektroodontometriya solishtirma
tashxis o ‘tkazish uchun tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |