Ishlab chiqarish bosqichida:
- mahsulot nomenklaturasini qisqartiradi;
- material va resurslarni kamaytiradi;
- jihozlarni qayta o`rnatish bo`yicha mehnat jarayonini kamaytiradi;
- standart tarkibiy qism va buyumlarni xarid qilish uchun xarajatlar
kamaytiriladi;
- buyumlarni tanlashni va sinovlar uchun xarajatlarni kamaytiradi;
- nuqsonlarni kamaytiradi;
- jihozlardan foydalanishni yaxshilaydi;
- mehnat xafsizligini oshiradi.
Foydalanish bosqichida:
- foydalanishdagi chiqimlarni qisqartiradi;
- zahira qismlarini, instrument va moslamalarni kamaytiradi;
- ta'mir va texnik xizmatdagi mehnat hajmini kamaytiradi;
- foydalanilayotgan jihoz ish unumdorligini oshiradi;
- mahsulot xossalarini yaxshilaydi;
- mahsulotlarni tashishda va saqlashda daxlsizligini oshiradi;
- transport vositalaridan foydalanishni oshiradi;
- omborxonalardan foydalanishni yaxshilaydi.
Tashqi savdo sohasida:
- eksport mahsulot hajmini ko`payitiradi;
- eksport qilinayotgan sifatli mahsulot narxini oshiradi;
- import mahsulot hajmini kamaytiradi.
Standartlarni tasdiqlash vaqtida ularni o`rnatilgan muddatda joriy qilish
zarur. Standartni ishlab chiquvchi tashkilot standart loyihasi bilan birgalikda uni
joriy qilish bo`yicha tadbirlar ro`yxatini ham taqdim qiladi. Ularga quyidagilar
kiradi:
- yangi texnik hujjatlarni ishlab chiqish;
- yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki amaldagini qayta tiklash;
- loyihalashtirish, uskunalarni va to`plovchi detallarni tayyorlash va yetkazib
berish;
- yangi texnologik jarayonlarni, o`lchash va sinash texnikalarini ishlab
chiqish.
Korxonalarga standartlarni joriy qilish katta tayyorlov ishini talab qiladi.
Agar o`rnatilgan muddatga tayyorlangan texnik hujjatlar standart talablariga
mos kelsa, standart joriy qilingan hisoblanadi, mahsulotlar esa ushbu hujjatlarga
qat`iy mos ravishda ishlab chiqariladi. Agar korxonada kiritilgan mahsulotlar
o`rnatilgan muddatda ishlab chiqarilmasa yoki standart talablarini va
ko`rsatkichlarini buzgan holda ishlab chiqarilsa, shuningdek sifatning
doimiyligi buzilsa standart joriy qilindi deb hisoblanadi.
Standartni joriy qilinmasligining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
1. Tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilmasligi.
2. Texnik hujjatlar va namunalar (etalonlar) holatining qoniqarsizligi.
3. Asbob-uskunalar va texnologik jihozlanish holatining qoniqarsizligi.
4. O`lchash va sinash texnikalari xolatining qoniqarsizligi.
5. Xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va to`plovchi buyumlar xolatining
qoniqarsizligi.
6. Mahsulotning markalanishi, idishlarga joylashishi, tashish va saqlanishining
standart emasligi.
Yuqorida keltirilgan asosiy sabablar o`z navbatida bir qator ya`ni, davlat,
idora va ishlab chiqarish nazorati jarayonida aniqlangan va sinchiklab tahlil
qilingan boshlang`ich sabablar bilan shartlab qo`yilgan.