Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc


iymon  va  kashfiy  iymon



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/124
Sana31.12.2021
Hajmi0,51 Mb.
#201544
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
Imom G'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

iymon  va  kashfiy  iymon.  Eshitganini tasdiqlab, shunday yashashda davom etadigan avomning 

iymoni taqlidiy iymondir. Kashfiy iymon esa qalbning ochilishi tufayli hosil bo‘ladi. Qalb Allohning nuri 

bilan ochiladi. Bunday iymon sohiblariga butun borliq o‘z aslida namoyon bo‘ladi, har bir narsa 

Allohdan va Allohga qaytguvchi ekani unga aniq-ravshan ko‘rinadi. Ular "firdavsi a’lo"da maskan 

tutgan muqarrab — Allohga yaqin qilinguvchi zotlar toifasidandir. "Malail a’lo"ga, ya’ni eng yuksak 

mavjudotlarga (farishtalar) g‘oyat yaqin bo‘lgan bu zotlar ham Alloh taoloni anglash (ma’rifat) 

darajalariga ko‘ra farqlanadi. Jumladan, sobiqun — peshqadamlar, ya’ni bu dunyoda yaxshi 

amallarga, oxiratda jannat ne’matlariga erishishda peshqadam bo‘lganlar, keyin ulardan quyiroq 

darajadagilar va hokazo. 

Alloh taolo ma’rifati yo‘lidagi oriflarning darajalariga chegara yo‘q. Negaki, Allohning ulug‘ligini 

qamrab olish imkonsiz. Ma’rifat dengizining esa na tubi, na sohili bor. G’avvoslar bu dengizga 

quvvatlari darajasida, azalda Alloh taolo taqdir etgan yergacha sho‘ng‘iydilar. Demak, Yaratuvchi 

tomon eltadigan yo‘lning manzillari nihoyasiz. Bu yo‘ldagi yo‘lchilarning darajalari ham benihoya turli-

tumandir. 

Iymoni taqlidiy bo‘lgan mo‘min ashobul-yamin (o‘ng tomon egalari) jumlasidandir. "Ashobul 

yaqin" darajasi "muqarrabun" (Allohga yaqin etilganlar) maqomidan quyiroqda bo‘lib, ular ham 

rutbada farqlanadi. "Ashobul yamin"ning eng yuqori darajasi "muqarrabun"ning quyi darajalariga 

to‘g‘ri keladi. Bu barcha gunohi kabiralardan saqlangan, shuningdek, kalimai shahodat, namoz, zakot, 

ro‘za va haj kabi farzlarni to‘la ado qilgan kishining holatidir.  

Kimki bitta yo undan ko‘proq gunohi kabiralar sodir etsa, yoki ba’zi farzlarni e’tiborsizlik bilan 

unutsa va o‘limidan oldin bu qilmishlari uchun tavba qilsa, gunoh qilmaganlar safiga qo‘shiladi. 

Chunki, gunohdan tavba qilgan odam gunohi yo‘q odam kabi, yuvilgan kiyim misoli kir tegmagan 

kiyimdekdir. 

Tavbasiz o‘lish o‘limning o‘zidan-da xatarliroqdir. Negaki, tavbaga ulgurmasdan vafot etgan kishi 

so‘ngsiz gunoh ustida qoladi, iymon darz ketadi, oqibat, o‘ta dahshatli, xunuk xotima topadi. Ayniqsa, 

taqlidiy iymonda bu zavol sezilarli kechadi. Chunki, qanchalik qat’iy bo‘lmasin, taqlid ozgina shak, 

ozgina o‘y-xayoldan yakson bo‘lishi mumkin. 

Basirat ko‘zi ochiq orif esa yomon xotima xavfidan yiroq. Lekin taqlidiy iymon egasi ham, Alloh 

ma’rifati yo‘lidagi orif ham, garchi iymon bilan vafot etsalarda, agar Alloh afv etmasa, azoblanishlari 

muqarrar. Bu azob hisob paytidagi so‘roq azobiga qo‘shimchadir. Dunyo hayotida gunohdan 

tiyilmaslik, ya’ni gunohda davom qilish muddati qanchalik cho‘zilsa, oxiratda azob muddati ham 

shunchalik uzayadi. Gunohi kabira qanchalik qabih bo‘lsa, azob ham shunchalik kattiq bo‘ladi. 

Azobshshg xilma-xil bo‘lishi sodir etilgan gunohlarning xilma-xil bo‘lgani tufaylidir. 

Jazo muddati tugashi bilan taqlidiy iymon egalari "ashobul yamin" darajalarida, basirat sohibi 

bo‘lmish oriflar illiyyun (Illiyyun hadisda aytilgaincha, yechtinchi osmonda, Alloh taolonlig arshi a’losi 

ostidagi bir makon bo‘lib, insu jindan bo‘lmish mo’minlarning nomai a’mollari bitilgan kitob o‘sha 

makonda saqlanadi) yuksakligida maskan topadilar. Xabarda aytiladi: 

"Do‘zaxdan oxirgi chiqqan kishiga dunyo mislining o‘n barobari beriladi" (Muttafaqun alayh). 

Hadisda aytilganlarni shunday misol bilan izohlab ko‘raylik. Bir kishi: "Bir tuya oldi va o‘n barobar 

qilib qaytardi", desa, demak, tuyaning qiymati o‘n dinor bo‘lsa, unga yuz dinor bergan bo‘ladi. Agar 

e’tiborimiz misolda tilga olinayotgan o‘lchov doirasida qolib ketsa, ma’nodan uzoqlashamiz. Masalan, 

zohiriga ko‘ra hukm yuritadigan bo‘lsak, tarozining bir pallasiga qo‘yilgan yuz dinor hech qachon 



Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 




Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish