Affillangan shaxs – korporatsiyaning faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaza oladigan
jismoniy yoki yuridik shaxs.
Aksioner kapitali – aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini emissiya qilish yo‘li
bilan shakllantirgan kapitali.
Aksiyadorlik jamiyatining muassislari- aksiyadorlik jamiyatini tuzish to‘g‘risidagi
ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar.
Assotsiatsiya- Tijorat tashkilotlari o‘rtasida ular faoliyatini muvofiqlashtirish,
shuningdek, umumiy mulkiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida
tashkil etiladigan birlashma tashkil qilgan jismoniy yoki huquqiy shaxslar
birlashmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |