Mahsulot sifatini boshqarish va nazorat
Temirbston mahsulotlarining muhim sifat ko’rsatkichlari bu beton va po’latning
mustahkamligi, payvandlash sifati, himoya qatlamini qalinligidir.
Zavod laboratoriyasi muntazam mahsulotlar sifatini barcha texnologik jarayonlarda
nazorat qiladi. Muzlashga chidamliligi, himoya qatlami qalinligiga bo’lgan talab
temirbeton mahsulotilarini mustahkamligini ta’minlaydigan ko’rsatkichlardir.
Tayyorlangan mahsulotning sifati va uni nazorati me’yoriy hujjat talablariga mos
kelgan bo’lishi zarur.
Sifatni oshirishda yo’l-qurilish tresti laboratoriyasi (markaziy laboratoriya) muhim
rol o’ynaydi va qurilishni boshqarish, ishlatiladigan materiallar sifatini tekshirish, olib
kelingan material va tayyorlangan mahsulotni texnologik jarayonlariny nazorat qiladi.
Zavod laboratoriyasi barcha bosqichlarni sinov ishlarini olib borish kerak bo’ladi,
tayyor mahsulot sifatini boshqarish kompleks sistemada har bir zvenoda olib boriladi.
Iig’ma temirbeton mahsulotlarini sifatini oshirish mehnat xarajatlari va qiymatini
kamaytiradi. Ishlab chiqarishning texnik nazorati har bir texnologik jarayonlarda,
materiallar olib kelinganda, operatsion jarayon va oraliq nazoratlarda olib boriladi.
Materiallar olib kelingandagi nazoratning asosiy maksadi - materiallar va
yarimfabrikatlarning sifatini tekshirish va texnologik talablarni har bir operatsiyada
belgilangan rejimlar, yo’riqnoma va texnik kartalar (operatsion nazorat); mahsulotni
komplektlik va sifat nazorati, uni standart va texnik shartlar (TSH) bilan mos kelishinini
kuzatishdir.
Temirbeton buyumlari mahsulotlari tayyorlashda sifatni boshqarish. Sifat nazoratini
asosiy printsiplariga: loyiha talablariga javob berishi, davlat standartlari, qurilish
normalari va qoidalari, temirbeton buyumlar tayyorlashda texnik sharoitga albatta amal
qilinishi
Sifat nazoratini maqsadi — bu nosozliklarni anikdash va bundan ogog’lantirsh,
hamda ularni tuzatish choralarini ko’rish.
Temirbeton mahsulotlarini tayyorlashda quyidagilar tekshiriladi: qolipning
o’lchamlari, uning tozaligi, qolipga armaturani to’g’ri qo’yilisht va qorishmani zichlash
darajasi.
Loyiha mustahkamligiga ega bo’lgan mahsulot omborxonadan jo’natiladi.
Texnik shartlar tayyor
mahsulotlarning quyidagi
ko’rsatkichlarini nazorat qilishni nazarda tutadi:
tashqi ko’rik va o’lchamlarni tekshirish;
beton mustahkamligini nazorat namunalari va mahsulotlarda tekshirish;
ishchi armaturalarning joylashishi.
Tayyor mahsulotlar omborxonasi
texnik nazoratdan o’tgan
mahsulotlarni iste’molchilarga jo’natish uchun saqlashga mo’ljallangan bo’lib, u
temir yo’lga yaqin joylashgan bo’lishi kerak.
Nazorat sistemasi o’ziga, boshqaruv, nazorat vositalarini iriktirgan bo’lib, mahsulot
tayyorlashni butun tsiklini o’z ichiga oladi.
Mahsulot sifatini javobgarligi bevosita ishchi, brigadr va masterlar zimmasidadir.
Texnologiqjarayonlarni mukammal bajarilishini talab etib bu bilan yo’l qo’yilgan
kamchiliklarni kam mehnat va kam chiqim bilan o’nglashga - tuzatishga imkon beradi.
Operatsion nazoratning asosiy hujjati bo’lib — tipovoy yoki operatsion nazoratning
sxemasini qayta qo’llanilishi bo’lib bunga konstruktsiya yoki mahsulot tayyorlashda yo’l
qo’yiladigan chetga chiqishlar, nazorat operatsiyalarini ro’yxati, bunda masterni, TNB
(texnik nazo^R bo’limi) ni qiladigan ishlari, nazorat sostavi (nima nazorat qilinadi)'
nazorat usullari (qanday va nima bilan nazorat qilinadi) va markaziy va qurilish
laboratoriyalari xodimlarini jalb qilinishi hollari ifodalanadi.
Ish joylarida sifat nazoratini TNB, laboratoriyalar, master va ishchilar olib boradi.
Zavod va poligonlarni ish faoliyatini natijalar hisoboti, texnik nazorat, hujjatlashtirish,
sinovlar jurnali, laboratoriya taxdilllari orqali olib boriladi.
Mehnatni himoyasi. Temirbeton buyumlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, ishlab
chiqarish bino va xonalarida issiqlik, havo namligini ortib ketishi bilan xarakterlanadi. Bu
sabablarni keltirib chiqaruvchi omillar bug’lash kameralari va avtoklavllardir. Ishni
yaxshilash va xavfsizlik choralarini oshirish uchun, avtomatik sozlash vositalari va
boshqaruvni butkul avtomatizatsiyalashga o’tiladi.
Havo kirituvchi va tortuvchi vositalar yordamida mehnat sharoiti ancha
yaxshilanadi, mashinalarni qizib ketadigan qismlarini o’rash, kameralarni yaxshilab
berilishi, bug’ o’tkazgichlarni o’rash shu kabilar ham.
Hamma bino va inshootlarda tabiiy yoki sun’iy havo almashtirish ko’zda tutilgan.
Ishchilarda qizib ketishdan saqlanish uchun maxsus gigroskopik va havo o’tkazuvchi
himoya qismlari bo’lishi kerak.
Dinamik toklanishda ishlovchi mashinalardan ta’sir etuvchi zararli holatlarni oldini
olish uchun ular yaxshilab o’ranadi va masofadan turib boshqarishga xizmat ko’rsatuvchi
ishchilar zirrilash va titrashga qarshi maxsus qo’lqoplar va 40 mm gacha qalinlikdagi
yumshoq rezina taglik poyafzal bilan ta’minlanadilar.
Shovqinga qarshi esa himoya qobig’lari qo’llaniladi. Katta sexlarda shit va devorlar
50 % gacha akustli suvoq bilan (tovush yutuvchi), g’ovak plitalar bilan qoplanadi,
mashinalar fundamentdan shovqin himoyalanadi.
Alohida shovqindan saqlash vositalariga quloqchin, quloq tiqinlari, shlemlar kiradi.
Zaharli gazlar va bug’lardan saqlanish uchun protivogaz va nafas olish
vositasi-respiratordan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |