10-bob. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar
51-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishi va ularga O‘zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlari hamda xalqaro shartnomalari bilan berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va
imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek uning tashqarisida har qanday
valyutada, har qanday bankda hisobvaraqlarni ochish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf
etish;
ssudalarni chet el valyutasida olish va qaytarish.
52-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning sho‘ba korxonalari,
Do'stlaringiz bilan baham: |