Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Tahlilda o‘zgarish sabablari... ko‘rinishida yuzaga chiqadi



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

6. Tahlilda o‘zgarish sabablari... ko‘rinishida yuzaga chiqadi 

a)  sifat; 

b) shakl; 

d) omillar; 

e) yuzaga chiqmaydi. 

 

7. Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri.... 

a)  sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish; 

b) sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish zarur emas; 

d) evristikani o‘rganish; 

e) evristikani o‘rganmaslik. 

 

8. Tahlilda tizimli yondashuvning asosiy xususiyati.... 

a)  dinamizm; 

b) statika; 

d) dogmatika;

 

e) egoizm. 



 

9. Tahlil instrumentariysi. 

a)  tahlilning texnik uslublari va usullari; 

b) uslubiyat; 

d) tamoyil; 

e) fikrlash. 

 

10. Omilli tahlil… 

a)  omillar ta’sirini tahlili; 

b) sabablar tahlili; 

d) masalalar tahlili; 

e) qayta ko‘rib chiqish. 




 

89

 



 

 

 



III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL 

ETISH VA UNING AXBOROT MANBALARI 

 

 

3.1.  Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish zaruriyati 

 

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti-



ni  yaratish  maqsadida  iqtisodiy  islohotlarni  bosqichma-bosqich  amalga 

oshirmoqda. 

Bozor  munosabatlari  sohasida  har  qanday  xo‘jalik  yurituvchi  sub-

yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh-

nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri 

boshqarishni  ta’minlashi  zarur  bo‘ladi,  ammo,  ko‘pgina  korxona  va 

tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar 

tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi 

sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sohasida  boshqaruv  subyektlariga  faqat  axbo-

rotga  ega  bo‘lishning  o‘zi  kifoya  qilmaydi.  Bu  axborot  bilan  ishlash, 

to‘g‘ri  xulosalar  chiqarish  va  ulardan  ishlab  chiqarish  samaradorligini 

oshirish  maqsadida  foydalanish  zarur  bo‘ladi.  Samarali  boshqarishda 

eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. 

Iqtisodiy  axborotlar  bilan  ishlashning  eng  muhim  jihatlaridan  biri 

uni  tahlil  qilishdir.  Tahlil  davomida  xo‘jalik  faoliyatini  o‘rganishda 

hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan 

foydalaniladi. 

Tahliliy  ishlarni  muvaffaqiyatli,  samarali  o‘tkazilishi  uni  har 

tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uni o‘tkazilishi 

ilmiy  xarakterga  asoslangan  va  reja  asosida  amalga  oshirilishi  lozim. 

Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. 

Ushbu bosqichlarni bosib o‘tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni 

oldindan  aniqlanishi  kerak  va  ularning  bajarilishi  ma’lum  tomonlarga 

asoslangan  bo‘lishi  lozim.  Asoslanishi  lozim  bo‘lgan  tomonlar  esa 

quyidagilardan iborat: 

 



 

90

1. Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qila-



digan  har  bir  rahbar,  menejerning  xizmat  burchidir,  bundagi  asosiy 

tamoyil  bu  tahlil  ishlarini  bajaruvchilar  o‘rtasida  vazifalarni  aniq 

taqsimlashdan iborat. 

2. Ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  tahlil  ishlarini  tashkil  qilishda  eng 

zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya’ni kam xarajat qilib yuqori 

samaraga erishish hisoblanadi. 

3. Tahlil  ishlarini  tashkil  qilishda  yana  bir  tamoyil  uni  o‘tkazishni 

nazorat qilib borishdir. 

Korxona  iqtisodiy-moliyaviy  ahvolini  tahlil  qilish  bilan  shug‘ul-

lanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot 

shakllarini  erkin  o‘qishni,  uning  moddalarini  tushunishni,  shuningdek, 

xulosalar  chiqarish  va  tavsiyalar  berishni  bilishi  kerak.  Korxonalarda 

iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda 

talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil 

etishda  o‘rganiladigan  mavzularning  ko‘lami  va  ahamiyatiga  qarab 

iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda 

oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. 

Iqtisodiy  tahlilni  tashkil  etishning  zaruriyati  hozirgi  bozor  iqtiso-

diyoti sharoitida yanada ortdi, chunki har bir faoliyatning korxona uchun 

manfaatlilik  darajasini  aniqlashdan,  bu  faoliyatning  iqtisodiy  nuqtayi 

nazaridan to‘g‘ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy 

tahlilni korxona miqyosida to‘liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh 

hisobchi yoki  korxona boshqaruvchisi bo‘lishi  mumkin. Sherik korxo-

nalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‘i yoki iqtisodiy masa-

lalar  bo‘yicha  korxona  boshlig‘ining  muovini  shug‘ullanishi  mumkin 

bo‘ladi. 

Korxonalarda  sex  yoki  brigada  ma’lumotlari  bo‘yicha  iqtisodiy 

tahlilni esa shu bo‘lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‘ladi. 

Viloyat,  tuman  yoki  tarmoqlar  bo‘yicha  ma’lumotlarni  umum-

lashtirib  iqtisodiy  tahlilni  o‘tkazishga  istiqbolni  belgilash  va  statistik 

tashkilotlar  yoki  yuqori  tashkilotlar  tarkibida  tashkil  etilgan  iqtisodiy 

tahlil kengashi ish yuritadi. 

Boshqaruvning  hamma  bo‘g‘inlarida  umumiy  ishlab  chiqarish 

sohasini  samaradorligini  oshirishda  analitik  ishni  tashkil  etish  va 

iqtisodiy  tahlilni  roli  oshib  bormoqda.  Ushbu  holatdan  kelib  chiqib 

iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo‘linadi. 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish