-53,8
-454368,02
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan
xo‘jalik yurituvchi subyektda joriy yilda mahsulotlarni sotishdan olingan
sof tushum miqdori 1587868 ming so‘mga ortgan. Bunga mos ravishda
tovar-moddiy zaxiralarining qiymati ham 60617 ming so‘mga o‘sgan.
Bularning natijasida tovar-moddiy zaxiralarining aylanish koeffitsiyenti
o‘tgan yilgi 3,085 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib, 5,721
koeffitsiyentga ko‘tarilgan. Aylanish davri esa o‘tgan yilga nisbatan 53,8
kunga qisqargan, ya’ni tezlashgan. Korxonaning tovar-moddiy
zaxiralarini aylanishini tezlashishi natijasida korxona oborotidan mab-
lag‘larning bo‘shashishi 454368,02 ming so‘mni tashkil etgan. Bunday
natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |