184
· moddiy zaxiralar bilan ta’minlanganlik omili;
· asosiy vositalar bilan qurollanganlik omili.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ta’sirchan omillardan
biri bu tadbirkorlik omilidir. Shu sababli, mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga tadbirkorlik layo-
qati omili ham kiritilishi tartiblangan va bu tarkiblash iqtisodiy jihatdan
o‘rinlidir, chunki yuqorida qayd etilgan ishlab chiqarish omillari tadbir-
korlik omili bilan birgalikda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
ta’sir etadi.
Mehnat ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi, chunki u mod-
diy boyliklar, zaxiralarni xomashyo sifatida asosiy vositalardan foydala-
nib ishlab chiqarishni tashkil etadi va tayyor mahsulot yaratiladi. Barcha
omillar bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda ishlab chiqarish hajmiga
ta’sir etadi. Mehnat omillarini tahlil etishda firmaning mehnat kuchlari
tarkibi, harakati va ular bilan ta’minlanganlik, ish vaqtida foydalan-
ganlik, mehnatning unumi va mehnat omillarini ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmining o‘zgarishiga bo‘lgan ta’sirlari aniqlanadi.
Tovar va moddiy zaxiralardan foydalanganlik omilini o‘rganishda
ular bilan ta’minlanganlik, tovar zaxiralarining harakati, moddiy
javobgarlar bo‘yicha saqlanish holati, samarali foydalanganlik, moddiy
boyliklarning qaytimi va sig‘imi hamda moddiy boyliklardan foydala-
nishning ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga ta’siri kabi ko‘rsat-
kichlar tahlil qilinadi.
Bugungi kunda firma va kompaniyalarni texnik jihatdan qayta qu-
rollanishi muhim ahamiyat kasb etadi, sababi, zamonaviy asosiy
vositalardan foydalanish ish unumini ortishiga, mahsulotlar sifatini
yaxshilanishiga hamda texnologik jarayonlardagi yo‘qotish – braklarni
kamayishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham bu omilning tahlilida
firmani asosiy vositalari tarkibi, harakati va texnik holati, ishlab
chiqarish quvvatlari va asosiy vositalardan foydalanish ko‘rsatkichlari
hamda asosiy vositalardan oqilona foydalanishning ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmiga ta’siri o‘rganiladi.
Boshqa omillar deyilganda, bozor konyukturasi, talab va taklif,
raqobatchilar imkoniyati, iste’molchi va buyurtmachilarning xarid
qobiliyati, xalqaro iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishi va shu kabi boshqa
sabablar tushuniladi.
Rivoj topayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot (ish, xiz-
mat)larni ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq ularni sotish muammosi
185
oldingi o‘ringa chiqadi. Korxonalar erkin faoliyat yurituvchi subyektlar
sifatida oldi-sotdi munosabatlarini ham mustaqil belgilaydi. Mahsulot,
ish va xizmatlarni oldi-sotdi jarayonlari bozor munosabatlarining
negizida turadi. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish mulkiy munosabat-
lardan kelib chiqqan holda o‘zaro shartnomaviy kelishuvlarga tayanadi.
Respublikamizdagi soliq qonunchiligiga, asosan, mahsulot ortib
jo‘natilgan va hisob hujjatlari qarshi tomonga (xaridor va buyurt-
machilarga) taqdim etilgan bo‘lsa, mahsulot sotilgan deb hisoblanadi.
Mahsulotlarga egalik huquqi ular ortib jo‘natilgan paytdanoq
korxonadan chetlanadi va qarshi tomonga o‘tadi. Ular bo‘yicha hisob-
kitoblar tomonlarning o‘zaro kelishuvida hal etiladi.
Mahsulotlarni sotilgan deb hisoblashning, odatda, ikki sharti, ya’ni
ular ortib jo‘natilgan va korxona hisob raqamiga puli kelib tushishini
xarakterlovchi «kassali usul» hamda ortib jo‘natilgan va hisob hujjatlari
taqdim etilgan paytdanoq sotilgan hisoblanuvchi «hisobga olish usul»i
xarakterlanadi. Mulkga egalikning yangi huquqiy aspektlarida, asosan,
ikkinchi usul tarkiblanadi, shuningdek, butun-butun hisob-kitoblar tizimi
ham ushbu qonuniyat asosida tuziladi. Oldi-sotdi munosabatlarida
yagona belgi shuki, ortib jo‘natilgan yoki sotilgan mahsulotlar bo‘yicha
mablag‘larni undirib olish bevosita mulk egasining muammosidir.
Shartnomaviy
munosabatlarda
uning
subyektlari
o‘zaro
kelishuvining huquqiy aspektlari ifodalanadi, mahsulotlarni sotuvchi va
sotib oluvchilar, ularning majburiyatlari, hisob-kitoblarning shakli, davri
va shartlari, ularning buzilishida qo‘llaniladigan choralar, ularning
tartibga solinishi aks ettiriladi. Mahsulotlarni sotish ulgurji va chakana
narxlarda amalga oshiriladi. Korxona tomonidan qo‘llaniladigan
narxlarni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: