Biznes-reja – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanish stra-
tegiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga u:
· korxona rahbarlariga strategiya holatini aniq belgilashga yordam
berib samarali boshqarishga olib keladi;
· bozor iqtisodiyoti sharoitida biznesni qanday rejalashtirish va
amalga oshirishni o‘rgatadi;
· haqiqiy faoliyatni rejalashtirilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqos-
lashga va o‘z vaqtida ularga o‘zgartirishlar kiritishga yordam beradi;
· korxona faoliyati bo‘yicha kerakli axborotlarni banklarga,
investorlarga va kreditorlarga taklif etadi.
Biznes-reja korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona
rahbarlarining o‘z maqsadlariga qanday erishishlarini, birinchi navbatda
ishning daromad keltirishini qay tariqa oshirish mumkinligini ko‘rsatib
beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja korxonaning o‘sib borishiga,
bozorda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishga, o‘z taraqqiyotining
istiqbollarini belgilab olishga, yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi
xizmat turlarini yaratishga mo‘ljallarni amalga oshirishning maqsadga
muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi.
Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo‘libgina qolmay, balki
undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish
mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan avval loyihaning
sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali
ekanligidan xabardor bo‘lishlari kerak. Ular sarmoya berish
imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o‘rganib
chiqishadi, so‘ngra loyihani ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar.
156
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, biznes-reja hamma uchun
o‘ta zarurdir. Uning dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi:
· birinchidan, iqtisodiyotimizga bozor munosabatlari kirib kel-
moqda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bozor sharoitida vujudga keladi-
gan muammolarni tasavvur eta olmaydilar. Ularga javob beradigan
darajada tayyor emaslar;
· ikkinchidan, butunlay o‘zgarib borayotgan xo‘jalik faoliyati
sohasi katta tajribaga ega bo‘lgan rahbarlarning ham ish yuritishda
o‘zgartirish kiritishlarini taqozo etadi va ayniqsa, hozirgi kunda bir narsa
– raqobatga tayyor bo‘lib turishga chaqiradi. Bu sohada ikkinchi darajali
ishlar bo‘lmaydi;
· uchinchidan, xorijdan investitsiya olish zarur, buning uchun
buyurtmalarimizni isbotlab berish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz, investit-
siya mablag‘larining har bir jihatini xorijiy tadbirkorlardan qolish-
maydigan darajada ishlab chiqishimizni investorlarga ko‘rsata olishimiz
kerak.
Tuziladigan biznes-rejaning hajmi korxona bajaradigan ish faoli-
yatiga bog‘liq bo‘ladi. Biznes-rejani ishlab chiqishda tashqi
maslahatchilardan ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
28-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |